“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 04:43
ЎЗO‘Z

Turkiya elchisi: O‘zbekiston «turk litseylari»ning asl maqsadini o‘z vaqtida sezgan

14 iyul, 20:57 6 816 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiya elchisi: O‘zbekiston «turk litseylari»ning asl maqsadini o‘z vaqtida sezgan Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Bashar Shen «turk litseylar»ning asl maqsadi va xavfini O‘zbekiston ancha ilgari aniqlaganini bildirdi. Bu haqda Kun.uz nashri elchining so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.

13 iyul kuni Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasida 2016 yil 15 iyulda sodir etilgan davlat to‘ntarishi yetakchisi Fethullah Gulenning 40 yil mobaynida Turk davlatini qo‘lga kiritish uchun tuzgan rejalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

«​Fethullohchi terror tashkiloti o‘zini bir paytda ta’lim ulashuvchi bo‘g‘in sifatida yaxshi ko‘rsatib, dunyoning 150-160 davlatlariga joylashib olayotgan bir davrda, O‘zbekistonda uzoqni ko‘ra oladigan rahbarlar uning asl niyatini o‘sha ondayoq seza olishdi. Uning ildizini butunlay qo‘porib tashlashdi. Biz buni minnatdorchilik bilan aytishimiz lozim»​, – deb ta’kidladi Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi.

Elchining ta’kidlashicha, FETO nafaqat Turkiyaning, balki boshqa davlatlarning ham tizimiga joylashib olib, davlatni qayta tuzishni maqsad qilib qo‘ygan, maxfiylik va tovlamachilik ustiga qurilgan yangi avlod terrorchi tashkilotidir. Turkiyada asosiy moliyaviy manbasi ta’lim markazlari, darsxonalarining yopilishi tashkilotga katta zarba bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, Fethullah Gulen 1970 yildan xususiy maktablar ochib, yoshlarni ongiga ta’sir o‘tkazishga harakat qilgan. O‘quvchilarining aksariyati kelgusida Qurolli kuchlar, Adliya, Sud, Politsiya kabi davlatning muhim idoralarida ish bilan ta’minlangan. Keyinchalik, Turkiyadagi 15 iyul voqealari ham aynan shunday harbiylar tomonidan amalga oshirilgan.

Elchining fikriga ko‘ra, bugungi kunga qadar o‘n minglab davlat mulozimlari yuqorida keltirilgan sabab ishdan olingan. Sud jarayonlari to‘daning o‘ta maxfiyligi bois murakkab davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, 15 iyul Turkiya Respublikasi va turk xalqining tarixida demokratiya g‘alabasi sifatida o‘z o‘rnini egallagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 42
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 39
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 119
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 151
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 109
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar