“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 07:02
ЎЗO‘Z

Buxorolik ayol erkak qiyofasida 2 oy qo‘shnisi bilan uchrashib yurdi

11 iyul, 19:25 8 178 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxorolik ayol erkak qiyofasida 2 oy qo‘shnisi bilan uchrashib yurdi Buxoroda o‘zini «erkak» qiyofasiga o‘zgartirib, qo‘shnisining 10 million so‘mdan ortiqroq tilla taqinchoq va pullarini qo‘lga kiritgan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB matbuot xizmatiga tayanib 7news.uz nashri xabar bermoqda.

M.Adizova (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Shofirkon tumani «Kalon» mahalla fuqarolar yig‘ini «Kalon» qishlog‘ida yashovchi qo‘shnisi O.Ortiqovaga «Rustam» ismli yigit uni yaxshi ko‘rib qolganligini aytib, so‘ng telefon orqali unga o‘zini «Rustam» deb tanishtirib, erkak ovozida gapirib uning ishonchiga kirgan.

Biroz vaqt o‘tgach M.Adizova yana «Rustam» rolida «menga pul kerak puling bo‘lsa berib turgin, agar puling bo‘lmasa tilla taqinchoqlaring bo‘lsa ham bergin, ularni garovga qo‘yib pul olaman, keyinchalik taqinchoqlaringni qaytarib beraman» deb aldagan hamda O.Ortiqovadan jami bahosi 8 000 000 so‘m bo‘lgan uch dona ayollar va bir dona erakaklar tilla uzuklarini, bir juft ayollar tilla ziragi va bir dona ayollar tilla zanjiri hamda 2 600 000 so‘m naqd pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

"Rustam"ning gaplariga ishongan O.Ortiqova afsuski, o‘zining qo‘lida bo‘lgan mol-mulkini unga berib yuborgan.

Ajablanarli jihati shundaki, M.Adizova o‘zining tashqi ko‘rinishini ustalik bilan o‘zgartirib, erkak qiyofasiga kirib O.Ortiqova bilan bir necha marta uchrashgan. Buni qarangki, ikki oydan ortiqroq vaqt mobaynida uning bu qilmishlarini O.Ortiqova hamda boshqalar mutlaqo sezmagan», — deyiladi xabarda.

Sudda M.Adizova o‘zining qilmishiga to‘la iqrorlik bildirib, haqiqatdan tashqi qiyofasini o‘zgartirib, erkak ko‘rinishida O.Ortiqova bilan bir necha marta uchrashganini hamda telefonda ham erkak ovozida gapirib, O.Ortiqovadan pul so‘raganini tan olib, suddan qonuniy yengillik berilishini so‘ragan.

M.Adizova O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasining (firibgarlik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

M.Adizovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasining 1-qismi bilan oylik ish haqining 15 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 39
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 185
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 0
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 186
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 36
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 73
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 75
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 111
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 52
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 329
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 96
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 86
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 98
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 156
  • Bo‘limlar