“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:39
ЎЗO‘Z

Sog‘liqni saqlash vazirligi: jaziramadan qanday saqlanish kerak?

09 iyul, 23:43 4 158 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sog‘liqni saqlash vazirligi: jaziramadan qanday saqlanish kerak? Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida bo‘lgani kabi mamlakatimizda ham havo harorati 40 gradusdan yuqori bo‘lmoqda. Xo‘sh, yozning bunday jazirama ob-havo kunlarida oftob urmasligi uchun nima qilish kerak? Qanday kiyinish va ovqatlanishimiz lozim?

Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati vazir o‘rinbosari, bosh davlat sanitariya vrachi Saydmurod Saydaliyevning tavsiyalarini e’lon qildi.

— Ma’lumotlarga qaraganda, shu yilning 7-10 iyul kunlari yurtimizning ayrim hududlarida havo harorati keskin ko‘tarilib, kechasi +24... +29 daraja, kunduzi esa +38... +43 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Hatto Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +45 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Yurtimiz aholisi bunday anomal issiq iqlim kunlarida zarurat sezganda respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 173 ta tuman va shahar bo‘limlarida tunu kun tez, sifatli tibbiy yordam olishlari mumkin. Mazkur davolash muassasalari zarur dori-darmonlar bilan yetarli miqdorda to‘liq ta’minlangan. Bundan tashqari, ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilgan. Qolaversa, har bir tuman va shahar tibbiyot birlashmalarida “Ishonch telefon”lari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shuni ham aytish kerakki, kuzatilayotgan bunday jazirama kunlarda birinchi navbatda boshni quyosh nuridan asrash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bosh miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari o‘tgan bo‘lib, kunning issiq vaqtida bosh yalang yurganda bosh qizib, butun tanada issiq qon aylanib, insonlarni oftob urishiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida tana haroratini ko‘tarilishi,terining qizarishi, holdan toyish, nafas olish va puls tezlashishi, yurakni tez urishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, hushdan ketish holatlari kuzatilishi mumkin.

Bunday holatlarda qanday yordam ko‘rsatiladi?

Oftob urgan odamni darhol soya joyga yotqizib, ust-boshlarini yechib, muzdek suvga choyshabni ho‘llab butun tanasiga o‘raladi, sochiqni muzdek suvga ho‘llab boshiga qo‘yiladi. Bo‘yin va qo‘ltiq sohasiga muz xaltachalari qo‘yilsa foydadan xoli bo‘lmaydi. Bemorga oz-ozdan suyuqlik ichiriladi va zudlik bilan tez yordam chaqiriladi. Tez yordam yetib kelgunga qadar yuqoridagi muolajalar davom ettiriladi.

Oldini olish uchun...

Iloji boricha kunning birinchi yarmida bosh kiyim kiygan holda sayr qilish, kunlik ovqatlanish ratsioni esa yengil hazm bo‘ladigan taomlar hamda meva va sabzavotlardan iborat bo‘lishi, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilish lozim. Kofe, shirin gazlangan suvlarni iste’mol qilmaslik maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Qanday kiyinish kerak?

Havoni yaxshi o‘tkazib,quyosh nurini qaytaradigan, keng tikilgan va tanaga yopishib turmaydigan kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi. Shuningdek, kiyim tanlashda matoning rangiga ham e’tibor berish lozim. Chunki qora va jigarrang matodan tikilgan kiyimlar o‘ziga issiqlik va quyosh nurini ko‘p tortadi, oq rangli matodan tikilgan kiyimlar esa, issiq va quyosh nurini qaytarish xususiyatiga ega.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 30
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 92
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar