“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 19:50
ЎЗO‘Z

Nefrit ko‘li

08 iyul, 23:00 19 248 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nefrit ko‘li Ugom-Chotqol milliy bog‘ida, dengiz sathidan 1227 metr balandlikda joylashgan noyob tabiiy suv havzalari bor — Urung‘och ko‘llari. «Urung‘och» so‘zi uyg‘urchadan «yorqin nefrit», deya tarjima qilinadi. Kichik Urung‘och ko‘li Bo‘stonliq tumani markazidan 90-100 chaqirim olisda joylashgan. Suvning harorati 7-8 darajadan oshmaydi va unda hech qanday jonzot yashamaydi. Uzunligi uch yuz ellik metr, eni yetmish sakkiz metr, chuqurligi o‘n metr atrofida. Undan boshqa yana bir, Yuqori Urung‘och ko‘li ham bor. Ikki ko‘l bir-biridan kattaligi, o‘lchami bilan farq qiladi. Yuqori Urung‘och ko‘li hech qachon qurib qolmaydi. Uning suvi feruza tusda va juda muzday.

Ko‘llar va unga yondosh go‘zal tabiat manzaralarini tomosha qilish, zavqlanish uchun kuniga 200-250 nafargacha sayyoh tashrif buyuradi. Ularni ko‘proq suvning nefrit va feruza tusda jilvalanishi mahliyo etadi.

Yomg‘ir hidini olib kelgan shamolning kuchli g‘uvullashiga ham parvo qilmay, tog‘ so‘qmog‘idan Kichik Urung‘och ko‘li tomon yo‘lga otlandik. Tabiatning bu go‘zal makoni atrofiga chodir tikib, yashayotgan sayyohlarga ham duch keldik.

Mahalliy aholi qushlarning bu makonda ko‘p turib qolmasligiga, baliqlarning uchramasligiga suvning juda sovuqligi sabab, deyishadi. Hamrohim izoh berdi: «Qarang, jonivorlar ham, bu suvda bemalol suzib bo‘lmasligini, unda ozuqa deyarli yo‘qligini yaxshi biladi. Ba’zan ularning fahmiga qoyil qolasan kishi!»

Viqorli tog‘lar bag‘rida ko‘l suvining nefrit tusida jimirlashi tabiatda nihoyatda kam kuzatiladigan hodisa. Ko‘lda cho‘milish tavsiya etilmaydi. Bunga ham ko‘l chuqurligi-yu va suvining sovuqligi sabab.

Ko‘lning ko‘plab sayyohlar tashrif buyuradigan go‘shaga aylanishiga ishonamiz. Bunga yetarlicha sabab va asoslar bor...
Ulug‘bek JUMAYeV

Manba: Oila davrasida




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 16
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 29
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 162
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 310
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 93
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 0
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 0
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Bo‘limlar