“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 02:16
ЎЗO‘Z

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovdan yana bir yangi tashabbus...

02 iyul, 13:37 11 733 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovdan yana bir yangi tashabbus... Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov kecha, 1 iyul kuni “Facebook”dagi sahifasi orqali yana bir yangi tashabbus bilan chiqdi.

“Yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan xorijdagi vatandoshlar qatnashgan forumda ishtirok etganimda, muhokama va tavsiyalar juda qizg‘in va foydali bo‘ldi, — deb yozadi Xalq ta’limi vaziri. — Ayniqsa, ta’lim seksiyasida mavjud kamchiliklar juda qattiq tanqid qilindi. Ushbu sohada ko‘pchilik tomonidan yaxshi maslahatlar berildi. Muhokama so‘ngida quyida keltirilgan rasmdagi holatni ko‘rsatib, tadbir ishtirokchilariga qarata shu kamchiliklarni tuzatish hamda yuqorida aytilgan yaxshi tavsiyalarni amalga joriy etish bo‘yicha hamkorlikda ishlashni, Xalq ta’limi vazirligi tizimida boshqarma, bo‘lim boshliqlaridan tortib maktab direktorlari darajasigacha rahbar lavozimlarga juda katta ehtiyoj borligini aytdim. Tadbirdan so‘ng tanishlarim menga xorijda yurgan ko‘pgina vatandoshlarimizning qaytib kelish niyati bor ekanini, lekin ular haligacha ikkilanayotganlarini aytishdi”.


Foto: Facebook / Sherzod Shermatov

Sh.Shermatovning qayd etishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tgan yili sentyabr oyida AQSHdagi vatandoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lganlarga mamlakatga qaytib kelish bo‘yicha aniq taklif bo‘lgan edi. Ushbu taklif natijasida, xalqaro banklarda juda katta tajriba va lavozimga erishgan Otabek Nazirov hozirgi kunda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

“Chet davlatda o‘qiganlarning deyarli barchasi Maslouning inson ehtiyojlari iyerarxiyasi haqida eshitgan bo‘lsa kerak. Iqtisodiy rivojlangan chet el mamlakatlaridagi vatandoshlarimizga biz aynan ushbu iyerarxiyaning eng cho‘qqisidagi ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat yaratmoqchimiz! — deydi vazir. — Prezidentimiz tomonidan Xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilab berilgan, bu haqda qator yig‘ilishlarda ham bir necha bor qayd etildi. Muammolar, taklif va maslahatlar ham juda ko‘p yig‘ilib qolgan. Endi ularni hayotga joriy qilish uchun butun tizim bo‘yicha chin dildan harakat qiladigan jamoa tuzilishi kerak. Shuning uchun, O‘zbekistonga qaytib, mamlakatimiz kelajagi uchun xuddi Otabek Nazirovga o‘xshab haqiqatan o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan vatandoshlarimiz bo‘lsa, ularni xalq ta’limi tizimiga taklif etamiz va imkon boricha sharoit yaratib berishga harakat qilamiz”.

Qiziquvchilar bo‘lsa, [email protected] elektron pochta manziliga o‘zi haqidagi hamda bog‘lanish bo‘yicha ma’lumotlarni yuborishi so‘raladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 75
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 44
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 72
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 19
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 7
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 33
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 20
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 21
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 67
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 60
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 16
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 52
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 41
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 40
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 88
  • Bo‘limlar