“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:05
ЎЗO‘Z

O‘tgan besh oyda O‘zbekistonga 2,2 mlndan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi

29 iyun, 15:31 3 764 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘tgan besh oyda O‘zbekistonga 2,2 mlndan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida so‘zlagan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri A.Komilov O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan delegatsiya almashinuvi natijasida yanvar-may oylarida 33 biznes-forum tashkil etilganini qayd etdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Ushbu davrda 200 taqdimot va davra suhbatlari takshil etilib, O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari va eksport salohiyati haqida ma’lumotlar berildi.

Xorijiy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston investitsiya imkoniyatlari haqida 290 material chop etildi. Ular orasida Yevropa, Osiyoning rivojlangan davlatlari, AQSH va boshqa mamlakatlarning yetakchi OAVlari bor.

O‘zbekistonning diqqatga sazovor turistik manzillari haqida 13 davlatning 29 telekanali orqali qo‘rsatuvlar namoyish etildi.

Bunday chora-tadbirlar natijasida, shuningdek O‘zbekistonga ayrim davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgani, viza muddatlari uzaytirilgani yurtimizga kelayotgan sayyohlar oqimini kuchaytirdi. O‘tgan besh oyda O‘zbekistonga 2,2 milliondan ortiq xorij fuqarolari tashrif buyurdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 93 foizdan ko‘proqdir.

O‘zbekiston turistik salohiyatini yanada rivojlantirish uchun ziyorat turizmini chuqurlashtirish va kengaytirish ustida ish olib borilmoqda.

Shuni ham qayd etib o‘tish kerakki, murojaatlar va ular bilan ishlash dolzarb masaladir. Bu borada Tashqi ishlar vazirligiga joriy yilning o‘tgan davrida Prezident virtual qabulxonasi orqali mingga yaqin murojaat kelib tushgan. 700 dan ziyodi belgilangan tartibda hal etilgan, qolganlari ko‘rib chiqilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 63
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 20
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 202
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar