“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:23
ЎЗO‘Z

Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 1245 nafar xodim ishdan bo‘shatildi

28 iyun, 21:30 5 905 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Davlat soliq qo‘mitasi tizimida 1245 nafar xodim ishdan bo‘shatildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unga ko‘ra soliq organlari soliq to‘lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi, ularga servis xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organiga aylantirildi.

Mazkur qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari faoliyati tugatilib, ularda ishlaydigan jami 1245 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Bu haqda “Xalq so‘zi online”ga Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi tomonidan ma’lum qilindi.

Ma’lumki, bundan bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Davlat soliq qo‘mitasining hududiy davlat soliq organlariga yuborilgan, Soliq organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashish va barcha soliq tekshiruvlari ta’qiqlanishi to‘g‘risidagi maxsus topshirig‘i tarqalgan edi.

Bunday turdagi nazorat tadbirlarini o‘tkazish aynan faoliyati tugatilgan tuzilma vakolatiga kirar edi. Shuning uchun Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini himoya qilish, davlat soliq xizmati organlaridagi ayrim nopok xodimlar tomonidan korrupsion harakatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida maxsus topshiriq yuborilgan.

Agarda siz o‘zini soliq organi xodimi deb tanishtirib, faoliyatingizga noqonuniy aralashgan, ta’magirlik, manfaat evaziga “xomiylik” qilishni taklif etgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz zudlik bilan Davlat soliq qo‘mitasining +99871 244-98-98 yoki qisqa 1198 “Ishonch telefoni”ga hamda +99871 244-98-00, +99871 244-98-71 telefonlari orqali xabar bering!

Sizning har bir murojaatingiz Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan alohida nazoratga olinadi hamda murojaat etuvchining shaxsi oshkor etilmasligi kafolatlanadi.

Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 55
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 83
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 131
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar