“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:27
ЎЗO‘Z

Nega muzqaymoq yeganda bosh og‘rishi mumkin?

27 iyun, 21:51 4 675 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nega muzqaymoq yeganda bosh og‘rishi mumkin? Issiq yoz kunida muzqaymoq yeyish — salqinlash uchun eng yaxshi choralardan biri. Biroq “Business Insider” yozishicha, hamma sevib iste’mol qiluvchi bu shirinlik bosh og‘rig‘iga sababchi bo‘lishi mumkin: “British Medical Journal”da shu mavzuda maxsus tadqiqot natijalari chop etildi.

Sababi nimada?

Bu og‘riqning o‘ziga xosligi muzqaymoq yegan kishiga bir zum uning bosh miyasi muzlab ketayotgandek tuyulishidir. “Miyaning muzlashi” eng ko‘p tarqagan bosh og‘riq turlaridan biri, har uchinchi odamga bu tanish muammo. Biroq kelib chiqish sabablari kam o‘rganilgan.

Ekspertlar esa buni inson organizmining sovuqqa qarshi reaksiyasi deb hisoblashadi.

“Tadqiqotlarimiz muzqaymoq yegan paytdagi bosh og‘rig‘i bosh miyada qon aylanishi 50 foizga ko‘payishi bilan birga kechishini ko‘rsatdi”, — deydi Galle universiteti xodimi Ole Henzel.

Sovuq tanglayga ta’sir qilib, og‘iz bo‘shlig‘i, jag‘ va ko‘zlarni miya bilan bog‘lovchi nerv tolalarini qo‘zg‘atadi. Keyin himoya reaksiyasi ishga tushadi: organizm miyaga issiq qon yuborishni boshlaydi. Qon oqimining keskin o‘zgarishidan bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchi yo‘qolishi bilan og‘riq ham o‘tib ketadi. Bu himoya mexanizmi hayotiy muhim organlarning qon bilan ta’minlanishini barqarorlashtirib, ularni sovuqdan himoyalaydi.

Xavfli emas

Muzqaymoq yegan paytdagi bosh og‘rig‘i xavfli emas. Bu paytda og‘riqni qoldiruvchi vositalarni qabul qilish shart emas. Bir qultum iliq suv bilan og‘izni chayib, til yordamida tanglay isitilsa og‘riq tez yo‘qoladi.

Xulosa: muzqaymoqni sekin-asta, kichik bo‘laklarga bo‘lib, tanglayga tekkizmasdan yeyish kerak.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 0
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 47
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 118
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 122
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 221
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar