“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:04
ЎЗO‘Z

«970 tilla tanga»

22 iyun, 10:29 7 975 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«970 tilla tanga» Yosh yigit Ka’bada turib faqat:

"Ey to‘g‘rilarning, haromdan hazar qilgan bandalarining yordamchisi - Allohim, Senga hamdu sanolar bo‘lsin!" - deya takrorlardi.

Yonidagi kishilardan biri hayratlanib so‘radi:

- Birodar, nega faqat 1 ta jumlani qaytaryapsiz, boshqa so‘raydigan tilagingiz yo‘qmi?

Yigit bir pas jim turgach, o‘z holatiga shunday izoh berdi:

- Bundan 7-8 yil oldin ham ziyoratga kelganimda, Ka’badan ming tilla tanga solingan hamyon topib oldim.

Ichimda vasvasa boshlandi: "Oltinlarni olu cho‘ntagingga sol. Endi ular seniki, istaganingcha xarjlasang bo‘ladi..."

Lekin bu gaplar shaytondan ekanligini o‘z - o‘zimga uqtirdim: "Yo‘q, bu pullar meniki emas, ulardan foydalanishim harom".

Shu asno: "Hamyonimni yo‘qotdim, topib olgan bormi?" - degan ovoz eshitildi. Haligi odamdan hamyonning ta’rifini, ichida qancha pul bo‘lganligini so‘radim.

Gaplaridan hamyon unga tegishliligi ma’lum bo‘ldi - omonatni egasiga topshirdim.

U menga suyunchi deb 30 tilla tanga berdi. Qo‘limda pul bilan bozorga yo‘l oldim va u yerda bir asir bolani maqtab sotishayotgani ustidan chiqdim.

Boyagi bolaning toza - pokizaligi e’tiborimni tortdi.

Narxini so‘radim, 30 tilla ekanini aytishdi. Pulni berib, asir bolani sotib oldim. Oradan bir - ikki yil o‘tdi. Bola menga odob va sadoqat bilan xizmat qildi. Bir kuni u bilan birga ketar ekanmiz, qarshimizdan uch kishi chiqdi.

Shunda bola menga:

"Xojam, sizga bir sirni ochay - men Fas amirining o‘g‘liman. Kelayotgan kishilar esa otamning odamlari.

Ular meni sotishingizni so‘raydilar, siz yaxshi odamsiz, 30 ming oltindan kamiga ko‘nmang.

Qo‘rqmang, ular sizga zarar yetkazishmaydi", dedi.

Shunday qilib asirimni o‘ttiz ming tillaga sotdim. Bu pullar bilan katta tijorat boshladim va tez orada boyib ketdim.

Shunday kunlarning birida yaqinlarim: "Obro‘li bir oilaning qizi bor, otasi yaqinda vafot etdi. Seni shu qizga uylantirmoqchimiz", deb qolishdi.

Men rozi bo‘ldim.

To‘y bo‘ldi, nikoh kechasi kelinning seplari orasida bir hamyon diqqatimni tortdi. Rafiqamdan: "Bu nima?" - deb so‘radim.

U: "Otamning hamyoni, ichida 970 tilla tanga bor. Otam bu hamyonni bir yili Ka’bada yo‘qotgan, topib bergan kishiga 30 tangasini bergan ekanlar. Qolganini esa menga hadya qilib, sepimga qo‘shganlar".

Qarangki, o‘shanda Ka’bada men topib olgan oltinlar aslida ham rizqim ekan. Agar egasiga bermaganimda harom yo‘l bilan kelgan bo‘larkan...

Takdirimizda biz uchun atalgan rizqimizga albatta ega bo‘lamiz, fakat harom yeki halol yo‘l orkali ega bulishni o‘zimiz xal qilamiz...

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar