“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:19
ЎЗO‘Z

Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroga nasihat o‘qigan alloma

17 iyun, 15:30 8 483 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroga nasihat o‘qigan alloma 1442-1505 yillarda yashab o‘tgan buyuk mutafakkir olim va o‘z davrida voizlik san’atining yirik namoyandasi bo‘lgan Husayn Voiz Koshifiy haqida Alisher Navoiy quyidagicha yozadi: “Ul jumladin huruf roqimi bu marsiya bilan tarix aytib, yili oshi tortarda sultoni Sohibqiron (Husayn Boyqaro) oliy majlislarida o‘tkardi va hukm bo‘ldikim, mavlono Husayn Voiz minbar ustida o‘qidi”. Bu so‘zlar ustozi Jomiy vafotiga atab hazrat Navoiyning marsiya yozgani va bu marsiyani o‘z davrida kuchli va ta’sirli nutq egasi sifatida ehtirom qilingan Husayn Voiz Koshifiy tomonidan minbarda turib o‘qilganiga ishoradir. Manbalarga ko‘ra, bu ulug‘ allomaning nafaqat ilmi, balki odob-axloqi ham yuksak darajada bo‘lgani uchun hatto Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy ham uning va’z-nasihatlarini tinglaganlar.

Tarixnavis Mir Said Sharif Roqim ham bu allomani yuksak ehtirom bilan tilga oladi: “Mavlono Kamoliddin Husayn Ali Voiz Koshifiy baland ovozda yaxshi va’z qilgani uchun olimlar va fozillar o‘zlarining xos majlislariga uni taklif qilishar edi”.

Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” kitobi Sharqda juda mashhur asarlardan bo‘lgan. Ko‘p marta toshbosma usulda chop qilingan. Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘chirilgan 50dan ziyod noyob qo‘lyozmasi hozirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari instituti xazinasida saqlanmoqda.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 44
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar