“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 23:04
ЎЗO‘Z

O‘zbek milliarderi Fattoh Shodiyev haqida nimalarni bilamiz?

16 iyun, 18:59 7 092 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek milliarderi Fattoh Shodiyev haqida nimalarni bilamiz? 2018 yil 28-30 iyun kunlari O‘zbekistonda «O‘zbekiston-2035» Forumi o‘tkaziladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyodan 50 dan ortiq ekspertlar, - hamyurtlarimiz, - O‘zbekistonning 2035 yilgacha rivojlanish strategiyasi va konsepsiyasini har tomonlama muhokama qilish uchun to‘planadi.

Tashkilotchi - «Buyuk Kelajak» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lib, uning ta’sischilari va a’zolari dunyoning turli nuqtalarida yashovchi va ijtimoiy hayotning turli sohalarida taniqli mutaxassislar darajasiga ko‘tarilgan o‘zbekistonliklardir.

Tadbirning rasmiy homiysi - Shodiyev Xalqaro fondi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Shodiyev Xalqaro fondi xalqaro nodavlat xayriya tashkilotidir. Jamg‘arma Sharqiy Yevropa, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi ilmiy, ijodiy hamda madaniy salohiyatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida fan doktori Fattoh Qayumovich Shodiyev tomonidan 1996 yilda tashkil etilgan.

Hozirgi kunda Fond intellektual rivojlanish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi, hamda unga muhtoj bo‘lganlarga yordam beradi. Jamg‘arma faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

• Stipendiya dasturlari
• Xayriya loyihalari
• San’at
• Ilmiy tadqiqotlarga e’tibor qaratilgan nashriyot faoliyati
• Xalqaro munosabatlarni mustahkamlash

2017 yil sentyabr oyida Shodiyev Xalqaro fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan.

Foto: Getty Images
Qisqacha tarjimai hol

Fattoh Shodiyev 1953 yil 15 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Moskva Davlat xalqaro munosabatlar institutini (MGIMO) «Xalqaro huquq» ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. tugatgan. Siyosiy fanlar nomzodi, Qozog‘iston Respublikasi Tabiiy fanlar akademiyasi a’zosi, Yaponiya tarixi, iqtisodiyoti va siyosati bo‘yicha 30dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

F.Shodiyev MGIMOni tugatganidan so‘ng SSSRning Yaponiyadagi savdo missiyasi maslahatchisi (1976-1979 yillar), SSSR Savdo vazirligida sovet-yapon iqtisodiy munosabatlari bo‘yicha yetakchi mutaxassis (1979-1989) bo‘lib ishlagan.

2005 yilda Qozog‘iston Respublikasi prezidentining farmoni bilan F.Shodiyev «davlat oldidagi xizmatlari, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishiga katta hissa qo‘shgani uchun» Hurmat ordeni bilan taqdirlandi. Xuddi shu yili u «demokratiya va iqtisodiy erkinlik rivoji uchun» Avraam Linkoln medalini ham oldi.

Bundan tashqari, F.Shodiyev Rossiya tashqi ishlar vazirligi huzuridagi MGIMO Vasiylik kengashi a’zosi hisoblanadi. U MGIMO Taraqqiyot jamg‘armasi - Rossiya Federatsiyasining birinchi endaument-fondi asoschilaridan biri.

Tog‘-kon sanoati, qayta ishlash, energetika, logistika va marketing sohalari bo‘yicha integratsiyalashgan korxonalarga ega tabiiy resurslarni o‘zlashtirish bo‘yicha yetakchi guruhlardan sanaluvchi ENRC (Eurasian Natural Resources Corporation) shirkati egalaridan biri.

F.Shodiyev shuningdek, Bolqon yarim oroli, Zambiya va Janubiy Afrikada ferronikel, mis hamda kobalt qazib olish bo‘yicha aktivlarni birlashtirgan IMR (International Mineral Resources) kon metallurgiya shirkatining asoschilaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, Qozog‘istonning yetakchi banklaridan biri bo‘lgan Yevrosiyo bankining direktorlar kengashi a’zosidir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda uning shirkati Tashkent City qurilishi va «O‘zbek metallurgiya kombinati» faoliyatini rivojlantirishda ishtirok etmoqda.

O‘zbek, rus, yapon va ingliz tillarini biladi. Oilali, o‘g‘li va ikki qizi bor.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 147
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 74
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 36
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 658
  • So'nggi yangiliklar
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 1
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 0
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 0
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 0
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Bo‘limlar