“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 18:44
ЎЗO‘Z

Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent City haqida: "Bunaqasi hatto Moskvada ham yo‘q"

14 iyun, 18:27 10 998 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent City haqida: "Bunaqasi hatto Moskvada ham yo‘q" Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 13-iyun kuni bo‘lib o‘tgan XPK sessiyasida Toshkent City loyihasi haqida to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston poytaxti qoq markazida qad rostlanadigan zamonaviy xalqaro ishbilarmonlik markazi "Moskva-Siti"dan qanday jihatlari bilan farqlanishi xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

"Biz Moskva-Sitini yaxshi bilamiz, ammo Toshkent Citydan farqli o‘laroq Moskva-Sitining 20 gektar parki, yashil daraxtzorlari yo‘q. Bizning loyiha shu taraflama jalb qiluvchi, deb bilaman", — deb ta’kidladi Toshkent City xalqaro biznes markazining qurilishiga rahbar etib tayinlangan Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Hokim shuningdek, Toshkent City nafaqat O‘zbekistonda balki Markaziy Osiyodagi eng ulkan loyihalardan biri bo‘lishini qayd etdi.

Toshkentdagi "O‘qchi" va "Olmazor" mahallalari joylashgan hudud o‘rnida bunyod etilayotgan Toshkent City xalqaro ishbilarmonlik markazini timsoli yo‘q ulkan loyihalar qatoriga kiritish mumkin.

"Odamlar kirib ham yashashi ham ishlashi, ya’ni ham sotsial hayoti va ish joyi bir joyda bo‘lgan, qolaversa savdo nuqtalari ham bir yerda bo‘lgan yagona bu singari katta majmua Markaziy Osiyoda yo‘q",- deb Toshkent shahri rahbari.

2020 yilga kelib Toshkent City xalqaro biznes markazining birinchi bosqichi qurilishi o‘z yakuniga yetadi. Toshkent City loyihasi O‘zbekiton prezidenti tashabbusi bilan qurilmoqda. Qurilish ishlari uchun Toshkent shahrining qoq markazidan 80 gektar yer ajratilib, o‘sha yerdagi turar-joy binolarini qisman boshqa yerga ko‘chirish taklifi berilgan edi. Sakkiz oylik qilingan ishlar bo‘yicha dunyoning oltita kompaniyalari bilan birgalikda master-plan ishlab chiqarilib, shundan Turkiyaning Tabanlıoğlu Architects kompaniyasining master-plani O‘zbekiston prezidentiga va ko‘pchilikka ma’qul keldi. Shundan so‘ng investorlarni jalb qilish bo‘yicha ishlab boshlab yuborildi.

Toshkent-sitining 80 gektarli hududi 8ta lotga bo‘linadi. U yerda biznes-markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, Kongress-xoll, ko‘rgazma zallari, Brodvey ko‘chalari, turar-joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari, maydoni 20 gektarga yaqin bo‘lgan yerda bog‘ tashkil etilib, ichida ikki gektarlik sun’iy ko‘l va favvoralar bunyod etiladi.

Bugungi kunda "Shahar ichidagi shahar" deya e’tirof etilayotgan Toshkent City bo‘yicha loyihalarni O‘zbekiston ishbilarmonlari Germaniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning investorlari bilan hamkorlikda amalga oshirishmoqda.

"Bu juda katta mega-loyiha", — deb ta’kidladi hokim va nega ospono‘par binolar qurilmaganligi xususida to‘xtalar ekan, "Toshkentning seysmik hududda joylashganini hisobga olib, 40 qavatli binolardan yuqorisiga tavsiya berilmaganini, ammo kelajakda 50 qavatli qurilishlar ham bunyod etilishini" ma’lum qildi.

Hozirgi kunda barcha lotlarda qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Hokimning so‘zlariga ko‘ra, birinchi lotda Kongress-xoll, Xillton otel quriladi. "U ishga tushdi, kotlovandan chiqdi, birinchi qavati bo‘ldi, qolgan lotlarimizning ham hamma investorlari topildi, puli to‘landi, qisman va to‘liq shaklda ishlar boshlab yuborildi", — dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Toshkent hokimi O‘zbekiston rahbarining ushbu o‘ylagan g‘oyasi MDH davlatlari orasida lol qoldiruvchi g‘oya bo‘lishiga ishonadi. Qurilish ishlari ham o‘z vaqtida yakunlanishiga shubha qilmaydi.

"Biz o‘zbeklar mehnatkash xalqmiz, "Moskva-Siti"ning qurilishida ishlagan odamlarning ko‘pi o‘zbek, Ostonaning qurilishida ham — o‘zbek, Sochining qurilishida ham — o‘zbek, Dubayda katta binolarni qurayotgan ham — o‘zbek. Biz o‘zbeklar — mehnatkash xalqmiz, mening fikrimcha tez orada qurilish ishlari bitadi va Toshkent City o‘ziga yarasha sensetsion shahar tamoyilini qozonadi", — dedi o‘z fikri yakunida Jahongir Ortiqxo‘jayev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 29
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 0
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 14
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 16
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 38
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 14
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 17
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 155
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 26
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Bo‘limlar