“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 09:47
ЎЗO‘Z

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li: “Hayit kuni uyida ta’ziya ochgan o‘ziga choh qazigan bo‘ladi” (video)

13 iyun, 12:32 11 773 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li: “Hayit kuni uyida ta’ziya ochgan o‘ziga choh qazigan bo‘ladi” (video) Hayit – musulmonlarning eng ulug‘, orziqib kutilgan bayramlaridan biri. Ramazon oyi tugagach, Hayit namoziga chiqiladi, barcha do‘st-birodarlar bir-birlarini bu bayram bilan tabriklashadi. Qarindosh-urug‘lar, beva-bechoralar holidan xabar olinib, ularning ko‘ngli ovlanadi, bolajonlarga shirinliklar ulashilib, quvonchlariga sabab bo‘linadi. Bu kunda barchaning yuzida tabassum, kayfiyatida ko‘tarinkilik va dilida Alloh zikri, shukronalik tuyg‘usi mujassamlashadi.

Ammo mana shunday kunda, xonadonidan o‘tib ketgan marhum uchun uch kun ta’ziya ochib, “Marhum hayitligi” kabi bid’at marosimlarni o‘tkazuvchilar ham topiladi. Aynan mana shu mavzuga to‘xtalar ekan, Toshkentdagi “Shayx Zaynobiddin ota” jome masjidi imom xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li shunday fikr bildirdi.

“Bu gapni 21 yildan buyon iltimos qilaman. Meni vazifam yetkazib qo‘yish: amal qilganga ham, amal qilmaganga ham Alloh shohid. Shundan keyin ham hayit kuni uyida ta’ziya ochsa, hukumat uch kun hayit bayrami degandan keyin ham hayotida bog‘lamagan belbog‘larni beliga bog‘lab, hayotida kiymagan do‘ppilarni sandiqdan olib, chakmonlarni kiyib olib uyida ta’ziya ochgan odam, bilib qo‘ysin, o‘ziga choh qazigan bo‘ladi.

Hayit kuni bayram. Mabodo o‘sha kuni ta’ziya to‘g‘ri kelib qolsa, unda mayli. O‘shanda ham uch kun aza qilinadi. Lekin marhum ancha oldin qazo qilgan bo‘lsa va yaqinlari “hayitliklari” deb aza ochib, shunga bel bog‘lab, shunga yelkadosh bo‘lib, o‘sha azaga kirib, o‘sha yerda Qur’on o‘qigan odam diniga dushmanlik qilgan odam bo‘ladi. Hayitmi, hayitni bayram qilishsin. O‘sha aza egalari ham bayram qilishsin.

Bu ishlarni yig‘ishtiraylik endi... 70 yillik mustabid davri o‘tdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi, hukumat, ommaviy axborot vositalari, hatto prezident aytayapti – endi to‘xtatish kerak-da! Bundan ortiq yana qanday qilib aytish kerak?”

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 0
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 0
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 211
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 0
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 0
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 0
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 3
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Bo‘limlar