“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 00:08
ЎЗO‘Z

Andijonlik IIB «xodimi» xotiniga ishqiy munosabatda bo‘lgan shaxsdan 1000 dollar talab qildi

13 iyun, 16:27 10 013 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonlik IIB «xodimi» xotiniga ishqiy munosabatda bo‘lgan shaxsdan 1000 dollar talab qildi Andijon viloyati IIB matbuot xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Andijon tumanida yashovchi fuqaro O‘.X. ga o‘zini Andijon shahar IIBda ishlovchi «Eldor» deb tanishtirgan shaxs qo‘ng‘iroq qiladi. U o‘zining turmush o‘rtog‘iga SMS yozib, u bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelayotgani yuzasidan fuqaro O‘.X. ustidan ichki ishlar idorasiga ariza qilganini va unga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirayotganini aytib, qo‘rqitadi.

Kelgusida mazkur holat yuzasidan unga nisbatan chora ko‘rmaslik va uni oila a’zolarini oldida sharmanda qilmaslik evaziga «Eldor» fuqaro O‘.X. dan dastlab 1 000 AQSh dollari talab qiladi. O‘.X. buncha miqdorda puli yo‘qligini aytadi. Shundan so‘ng qo‘ng‘iroq qilgan shaxs ushbu ishlarni ijobiy hal qilish evaziga, O‘.X. dan 400 AQSh dollari miqdorida pul berishini, agar talab qilingan pulni bermasa, O‘.X. ni jinoiy javobgarlikka tortib yuborishini bildiradi.

Olingan tezkor ma’lumotga asosan, joriy yilning 8 iyun kuni Andijon viloyati IIB o‘z xavfsizligi bo‘limi hamda Jinoyat qidiruv boshqarmasining mas’ul xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. «Eldor» fuqaro O‘.X dan 300 AQSh dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida, o‘zini Andijon shahar IIBda ishlovchi «Eldor» deb tanishtirgan shaxs aslida fuqaro I.M. ekani, ichki ishlar idoralari tizimida esa umuman faoliyat yuritmasligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 250
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 87
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 95
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 80
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 230
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 59
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 32
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 21
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 83
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 107
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 36
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 70
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 68
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 171
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 187
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 119
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 43
  • Bo‘limlar