“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 07:07
ЎЗO‘Z

Turkiyaga fohishalik qilish uchun sotib yuborilayotgan namanganlik ayollar to‘xtatib qolindi

10 iyun, 14:24 6 251 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyaga fohishalik qilish uchun sotib yuborilayotgan namanganlik ayollar to‘xtatib qolindi Joriy yilning 2 iyun kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, noqonuniy ravishda Qozog‘iston Respublikasining Olmota shahri orqali Turkiyaga yuborilmoqchi bo‘lgan ayollar guruhi to‘xtatib qolindi. Bu haqda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu yuborilayotgan 5 nafar ayollarni Turkiyaning Istanbul shahrida Munira (ismi shartli ravishda o‘zgartirilgan) ismli ayol kutib olishi kerak bo‘lgan. Chunki, Munira Namangan viloyatida yashovchi singlisi va uning tanishiga xuddi o‘zi kabi ishlashga rozi bo‘lgan qizlarni topib, yuborish taklifini bildirgan. Ular qizlarni topib, chet davlatiga ketishga ko‘ndiradilar.

Turkiyada uy ishlari va boshqa yumushlar bilan shug‘ullanishga rozi bo‘lgan qizlar, aslida u yerda fohishalik qilishligini eshitgach, ketish fikridan qaytadilar. Biroq, ularga bu taklifni bergan ayol “Sizlarning har biringiz uchun alohida chipta rasmiylashtirilgan, agar fikringizdan qaytsangiz sarflangan xarajatlarni qoplashingizga to‘g‘ri keladi” deya, ortga yo‘l yo‘qligini vaj qilib, ularning fikrlarini o‘zgartiradi.

Tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan oilali va turmush qurmagan 5 nafar ayol Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolinib, ularni jo‘natmoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olindi.

Hozirgi kunda holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov oldi harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 92
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 48
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 78
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 87
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar