“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:17
ЎЗO‘Z

FVV Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan halokat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

10 iyun, 10:27 6 758 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
FVV Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan halokat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi Avvalroq, 8 iyun kuni Qamchiq dovonida sel oqibatida avtomobillar harakati to‘xatilgani, shuningdek, sel bir nechta avtomobillari oqizib ketgani haqida xabar berilgandi. Favqullodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati bu borada rasmiy ma’lumot berdi.

2018 yilning 8 iyun kuni soat 22:00 larda Namangan viloyatining Pop tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida, mazkur tuman hududidan o‘tuvchi A-373 M-39 «Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon—Andijon orqali—O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismining 225,5 kilometrida eni 80 metr, uzunligi 300 metr va balandligi 0,5 metrni tashkil etuvchi, umumiy hajmi 12 000 metr kub bo‘lgan tosh va tuproq massasi avtomobil yo‘li orqali oqib o‘tgan.

Mazkur holatdan kelib chiqib, soat 22:20 da IIV YHXBB tomonidan «Chinor» va «Sherobod» yo‘l harakati xavfsizligi maskanlarida avtotransport vositalarining ikki tomonlama harakati to‘xtatilgan.

Natijada, tosh va tuproq massasi yo‘lning avtomobil qatnov qismida harakatlanayotgan 2 ta yengil avtomobil vositasini surib, yo‘l chetiga chiqarib yuborgan. Mazkur avtomobil vositalarida bo‘lgan 6 nafar fuqarolar FVVning «Qamchiq» MQQB qutqaruvchilari tomonidan qutqarib olinib, ularga joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, ulardan ikki nafari Angren shahar markaziy kasalxonasiga yuborilgan va to‘rt nafar fuqaroga dovondagi «Buloq» tibbiy yordam maskanida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, yo‘lning qatnov qismida qolgan 4 ta Isuzu, 2 ta MAN va 4 ta yengil avtomobil vositalari voqea joyidan havfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan.

Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, hamda «O‘zavtoyo‘l» AJ, Namangan va Toshkent viloyati xokimliklari tomonidan tuni bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida, avtomobil yo‘li tosh va tuproq massasidan tozalanib, 2018 yilning 9 iyun kuni soat 08:00da «Qamchiq» dovoni orqali avtomobil vositalarining qatnovi tiklandi.

Qidiruv-qutqaruv hamda kuchli yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlariga jami, 350 nafar xodimlar va 74 ta texnika jalb etildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar