“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 01:23
ЎЗO‘Z

Qahramon Quronboyev: «Vodiydagi to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yubordim»

07 iyun, 19:30 6 524 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qahramon Quronboyev: «Vodiydagi to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yubordim» O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev 5 iyun kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ittifoq raisi bugungi kunda to‘ylarning dabdabali o‘tkazilayotgani eng dolzarb muammolardan biri ekanligini ta’kidladi.

«To‘ylarning dabdabali o‘tkazilayotganiga biz aybdormiz, men aybdorman, ittifoq aybdor. Eng katta muammo yoshlarda! Agar biz yoshlarga to‘g‘ri tushuncha berganimizda to‘ylar bunday dabdabali o‘tmagan bo‘lar edi.

Qancha ota-onalar qizining, o‘g‘lining gapiga kirib, to‘y o‘tkazgan va oxir-oqibatda qancha qarzga botgan. Shuning uchun biz aprel-may oylarida 288 ta namunaviy to‘y o‘tkazdik. Bu hali hech narsa emas.

Andijon, Farg‘ona va Namanganda yurganimda ko‘chada to‘y kortejini ko‘rib qoldim. Shunda mashinalarning hammasini to‘xtatdim-da, kelin bilan kuyovni tushirib, taksiga o‘tqazib, jo‘natib yubordim. Qolgan mashinalarni esa orqaga qaytardim. Shunaqangi dabdaba endi, ko‘chada hech kimga yo‘l bermaydi. Mayli, meni yomon ko‘rsin, Yoshlar ittifoqining viloyat bo‘limi rahbarini yomon ko‘rsin, lekin tartib kerak-ku! Agar yoshlarni biz tarbiyalay olmasak, Yoshlar ittifoqi tarbiyalay olmasa biz joyimizni bo‘shatib berishimizga to‘g‘ri keladi», — deydi Qahramon Quronboyev.

Manba: daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 193
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 0
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 0
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 58
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 49
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Bo‘limlar