“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 13:33
ЎЗO‘Z

Bosh prokuratura: 434 kishiga oqlov hukmi e’lon qilindi

05 iyun, 20:43 4 710 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuratura: 434 kishiga oqlov hukmi e’lon qilindi Bugun, 5 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida prokuratura xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifing O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi mavzusida olib borildi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2007-2016 yillarda O‘zbekistonda atigi 32 nafar shaxs oqlangan bo‘lsa, 2017-2018 yillarda jami 434 nafar shaxsga oqlov hukmi e’lon qilingan. Bunga asosan jinoyat qonunchiligi liberallashuvi va qayta tergov jarayonida amalga oshirilgan ishlar sabab bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalarda qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i Umirbek Madrahimovning aytishicha, prokuratura 2000dan ziyod g‘ayriqonuniy hujjatlar ustidan tegishli protestlarni bildirgan. Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan joylardagi 259ta moddiy-madaniy meroslarga jami 13 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan. Prokuratura javobgar shaxslarga tergov harakatlarini olib bormoqda.

Brifingning ikkinchi qismi yig‘ilgan OAV vakillari bilan ochiq savol-javob tarzida amalga oshirildi. Ishtirokchilar o‘zlari qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshevning aytishicha, prokuratura bundan buyon ochiq shaklda faoliyat yuritadi

«Prokuratura bundan buyon ochiq shaklda faoliyat yuritadi. Ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda eng tez ko‘rinishda ishni olib boradi. Ma’lumotlar olinishining eng tezkor variantlari ko‘riladi. Bunday bo‘lishiga men va’da beraman», - deya prokuratura vakilining so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 0
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 1
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 36
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 71
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Bo‘limlar