“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:25
ЎЗO‘Z

Parpiyevning birinchi o‘rinbosari hibsga olingan

01 iyun, 23:20 5 818 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Parpiyevning birinchi o‘rinbosari hibsga olingan O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyevning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Abdusalom Yo‘ldoshev 28 may kuni qo‘lga olingan va Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan biri orqali Toshkentga keltirilgan.

Bu boradagi ma’lumotlarni Kun.uz’ning manbasi tasdiqladi.

Ayni paytda 51 yoshli Abdusalom Yo‘ldoshev Davlat xavfsizlik xizmatining tergov izolyatorida ushlab turilibdi.

Joriy yilning yanvar oyida Qashqadaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish boshlagan A.Yo‘ldoshev aynan qaysi jinoiy ish doirasida qo‘lga olinganiga Kun.uz manbasi aniqlik kirita olmadi.

A.Yo‘ldoshev o‘z mehnat faoliyatining turli yillarida Andijon viloyati va Toshkent shahrida davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan. 2012 yilning fevralidan Davlat soliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

A.Yo‘ldoshev qo‘lga olinganidan bir kun o‘tib, 29 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida Davlat soliq qo‘mitasi sobiq rahbari, 11 may kuni lavozimidan ozod qilingan Botir Parpiyev va u yetakchilik qilgan tizimdagi ahvol haqida gapirgan edi.

Prezident Sh.Mirziyoyev videoselektor majlisida Botir Parpiyev to‘g‘risida bunday degan:

“Yana bir muhim masala — mahalliy byudjetga tushum hajmi. Davlat soliq qo‘mitasi rahbarini (Botir Parpiyevni — tah.) almashtirganim bejiz emas, sababi — bizda soliq tizimi yo‘q. Hali ish ko‘p”.

“Soliqda ham ko‘p o‘yinlar bo‘lgani, rahbariyati qanday ishlar bilan shug‘ullanganidan hayron qoldim. Hali uni ham xalqimizga yetkazamiz”, — degan prezident videoselektor majlisida.

“Soliqchining saviyasi yo‘q, desak, bu ham adolatdan bo‘ladi. Shuning uchun bugun topshiriq berdim, tegishli qaror tayyorlanadi, hammasini noldan boshlash kerak — soliq tizimidagi Akademiyani ham, boshqasini ham. Quyi pog‘onadagi soliqchilar nima qilish kerak, qanday ishlash kerakligini bilmaydi. 70 foizi korrupsiya bilan bog‘liq, mana shuni hamma bilishi kerak”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

2004 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan 72 yashar general Botir Parpiyev joriy yilning 11 mayida prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan o‘z vazifasidan bo‘shatilib, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 111
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 215
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 54
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar