“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:03
ЎЗO‘Z

Prezident yoshlarni tanlov asosida rahbarlikka tayinlash bo‘yicha qarorni imzoladi

31 мая, 14:36 5 521 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident yoshlarni tanlov asosida rahbarlikka tayinlash bo‘yicha qarorni imzoladi Tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin

Qarorga muvofiq endilikda 3 yilda bir marta istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Tanlovda tayanch oliy ma’lumotga va tegishli sohada rahbarlik lavozimida kamida uch yil ish tajribasiga ega, 30 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Davlat tashkilotlarida mehnat qilayotgan ishtirokchilarning tanlovda ishtirok etish davrida ularning egallab turgan lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.

Tanlov g‘oliblariga eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida, final bosqichining qolgan ishtirokchilariga esa – eng kam ish haqining 25 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti to‘lanadi. Bunda tanlov final bosqichining qolgan ishtirokchilari tegishli sohaning boshqaruv kadrlari zaxirasiga kiritiladi.

Tanlov g‘oliblari “Boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha Prezident dasturi”ga muvofiq uch oylik kurslarda o‘qishi hamda mazkur kurslarni o‘tagandan keyin tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha davlat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi belgilandi.

Manba: sputniknews-uz.com




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 53
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 144
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 265
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar