“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:07
ЎЗO‘Z

Vladimir Putinning O‘zbekistonga qachon tashrif buyurishi ma’lum bo‘ldi

30 мая, 17:20 4 812 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vladimir Putinning O‘zbekistonga qachon tashrif buyurishi ma’lum bo‘ldi Rossiya prezidenti Vladimir Putin kuz o‘rtalarida davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar qildi Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev.

“Tashrif kuzning o‘rtalariga rejalashtirilgan, ehtimol oktyabrda bo‘lishi mumkin. Lekin ungacha, rasmiy ravishda tasdiqlanmagunga qadar aniq sanalar haqida gapirish amri mahol. Rahbarlarimizning ish jadvallarida vaqt tiziqligi tufayli oxirgi vaqtgacha aniq sanalar haqida gapirish qiyin bo‘ladi. Shunga qaramay, tashrif masalasi kelishib olingan, bu bir necha bor tasdiqlangan”, — deb ta’kidladi Rossiya elchisi.

Bugungi kunda Rossiya O‘zbekistonning yetakchi savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda Rossiya sarmoyasi ishtirokida 960 dan ortiq korxonalar ish faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ekspertlari fikriga ko‘ra, yil yakuniga qadar ularning soni mingtaga yetadi. O‘zbekiston Rossiyada 560 ta korxona ochgan.

Respublika MDH davlatlari orasida Rossiya bilan tovar ayirboshlash bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. 2017 yil yakuni bo‘yicha u 3,6 milliard dollar tashkil qilib, 33,9 foizga ko‘paydi.

Shu yil yanvar-fevralda tovar aylanuvi 50,2 foizga ortib, qariyb 600 million dollarga yetdi. Rossiya eksporti 59,7 foizga, import esa 28,1 foizga ko‘paydi. Rossiyadan O‘zbekistonga umumiy investitsiyalar hajmi 8,5 milliard dollardan ortib ketdi.

Manba: asr.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 198
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 65
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 104
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 147
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 42
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar