“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:15
ЎЗO‘Z

Harbiy xizmatchilar uchun yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi

30 мая, 11:26 6 111 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Harbiy xizmatchilar uchun yangi ko‘krak nishoni ta’sis etildi Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston Mudofaa vazirligining “Jangovar hamdo’stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur ko‘krak nishoni bilan xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini hal etishdagi xizmatlari, O‘zbekiston mudofaa salohiyatini mustahkamlashda salmoqli hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari hamda xorijiy davlat fuqarolari taqdirlanadi.

Ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosarlari va harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonlarining taqdimnomasi bo‘yicha yoki vazir qarori asosida tantanali vaziyatda topshiriladi.

Mukofotga sazovor bo‘lganlarga ko‘krak nishoni bilan birgalikda mudofaa vaziri nomidan faxriy yorliq topshiriladi. Shuningdek, taqdirlangan harbiy xizmatchilarga (xorijiy davlat fuqarolari bundan mustasno) eng kam oylik ish haqining 3 barobari miqdoridagi pul mukofoti beriladi.

Ko‘krak nishoni haqida:

Ko‘kruk nishoni kumush va tilla rangdagi metall qorishmadan tayyorlangan bo‘lib, bir-birining ustiga tushirilgan, umumiy markazga ega, turli o‘lchamdagi uchta sakkiz qirrali yulduz shakliga ega. Nishonning old tomonida aylana markazidagi yashil fonda ramziy ma’nodagi qo‘l berib ko‘rishayotgan tilla suvi yurgizilgan qo‘l fragmentlari, moviy rangdagi globus, O‘zbekiston xaritasi va kabutarlar tasvirlangan; globus atrofida – tilla rangdagi lavr novdalarining relyefli tasviri aks etgan; lavr novdalari atrofida – moviy fondagi oq harflar bilan aylana bo‘ylab bir qator qilib yozilgan “Jangovar hamdo’stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” yozuvini sakkiz qirrali yulduz ajratib turadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 12
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 31
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 168
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar