“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:03
ЎЗO‘Z

Botir Parpiyevga aloqador shaxslar ishdan olinmoqda

29 мая, 11:53 6 027 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Botir Parpiyevga aloqador shaxslar ishdan olinmoqda Andijon viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Q.Parpiyev ishdan olingan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi. Xabar berilishicha, Qodir Parpiyev Davlat soliq qo‘mitasi sobiq raisi Botir Parpiyevning ukasi hisoblanadi.

Shuningdek, manba xabariga ko‘ra, Andijon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Parpiyev ham ishdan olingan. U Botir Parpiyevning jiyanidir.

Bundan tashqari, Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Anvar Parpiyev lavozimidan ozod qilingan. U Botir Parpiyevning ukasi Qodir Parpiyevning o‘g‘li hisoblanadi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki Andijon viloyat filialining boshqaruvchisi Zafar Parpiyev ham ishdan ketgan. Uning ham Botir Parpiyevga qarindoshligi aytiladi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi Konsullik huquqiy departamenti boshlig‘i bo‘lib ishlagan Dilshod Parpiyev lavozimidan olingan. U Botir Parpiyevning o‘g‘lidir.

Botir Parpiyev 1946 yilda Andijon viloyatida, militsiya general-mayori Rahmat Parpiyevning oilasida tug‘ilgan. 1992-1996 yillarda Andijon viloyati IIB boshlig‘i, 1996-1998 yillarda O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, 1998-2002 – O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2002 yilning iyun oyidan dekabr oyigacha – O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002-2004 – O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan, 2003 yilda bojxona xizmati general-leytenanti unvonini olgan. 2004 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, B.Parpiyev joriy yilning 11 may kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisligidan olingandi. U boshqa ishga o‘tkazilgan. Ma’lum qilinishicha, endilikda B.Parpiyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlaydi.

Bundan tashqari, 19 may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining navbatdan tashqari saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Botir Parpiyev assotsiatsiya rahbarligidan ham ozod etilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 31
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 168
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar