“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:20
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda ilk bor uyda o‘qib ham oliy ma’lumot olish mumkin

23 мая, 20:32 10 752 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda ilk bor uyda o‘qib ham oliy ma’lumot olish mumkin Yangi o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun darslar masofadan turib onlayn tarzda o‘qitiladi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 9 avgustida «Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-3183 sonli Qarori asosida 15 ta oliy o‘quv yurtida 8 ta yo‘nalish bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilgan.

Endilikda joriy etilgan onlayn o‘qitish platformasi yordamida sirtqi ta’lim talabalari, masofadan turib, o‘z ish joyidan ajralmagan holda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda markaz axborot xizmati Asr.Uz’ga xabar qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi «Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 930-son Qarorida sirtqi va kechki ta’lim talabalari uchun masofadan turib ta’lim berish belgilangan. Joriy etilgan onlayn o‘qitish kurs platformasi mazkur Qarorni amaliyotga tadbiq qilishda katta ahamiyatga ega.

Onlayn o‘qitish platformasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi tomonidan joriy etildi. Bugungi kunda maxsus sirtqi ta’limning 144 ta darsligi tayanch oliy ta’lim muassasasi bilan birgalikda masofaviy o‘qitish formati asosida ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi. Masofaviy ta’limni amalga oshirishning navbatdagi bosqichida oliy ta’limning sitrqi va kechki ta’lim uchun masofaviy o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Sirtqi va kechki ta’lim darsliklari ham bosqichma-bosqich onlayn o‘qitish tizimiga o‘tkazilib boriladi.

Onlayn o‘qitish kursini tashkil qilish uchun mo‘ljallangan platformada barcha zaruriy elementlar yaratilgan. Xususan, ma’ruza, videodars, test, topshiriq, chat, forum, so‘rovnoma, glossariy, teskari aloqa va vebinar shular jumlasidandir. Shuningdek, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida platformani ijtimoiy tarmoqlar bilan integratsiyasi amalga oshirildi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimiga masofaviy ta’limni joriy qilinishi davlat uchun ham talaba uchun ham ta’lim xarajatlarini qisqartirishga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida, qabul kvotalarini oshishiga xizmat qiladi. Shuningdek, talabalarning ish joyidan ajralmagan holda ta’lim olishlari o‘zaro ikki faoliyat – ta’lim va mehnat faoliyatlarining uyg‘unlashuvini ta’minlashda ham ahamiyatli hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 194
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 53
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 67
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 63
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar