“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:02
ЎЗO‘Z

Sergey Shoygu terrorchilarning Markaziy Osiyoga o‘tib ketish xavfi borligini aytdi

22 мая, 16:54 5 210 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sergey Shoygu terrorchilarning Markaziy Osiyoga o‘tib ketish xavfi borligini aytdi Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashmayapti, bu ushbu mamlakat orqali terrorchilik guruhlarining chegaradosh davlatlarga o‘tishi uchun imkoniyat yaratadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu O‘zbekiston harbiy idorasi rahbari Abdusalom Azizov bilan muzokaralarda aytib o‘tdi, deb yozadi «Daryo».

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik «mutlaqo aniq va juda muhim xususiyat kasb etadi».

«Bu albatta, birinchi navbatda O‘zbekiston chegaralaridagi barcha xavf va tahdidlar bilan bog‘liq. Shu yerda Suriyadan qo‘shni davlatlarga, shu jumladan, O‘zbekistonga ko‘chib o‘tayotgan xalqaro terrorizm xavfining o‘sib borayotganini ham tilga olmaslikning iloji yo‘q», — dedi u.

Shoygu xalqaro terrorizm xavfining tarqalishi munosabati bilan, Rossiya katta sonli o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarni o‘qitishga, shuningdek, respublikaga harbiy xizmatchilarni tayyorlash uchun o‘qituvchilarni yuborishga tayyorligini ma’lum qildi. U Rossiyadagi o‘quv muassasalarida o‘qiyotgan harbiy mutaxassislar sonini «bir necha foizga emas, bir necha barobar oshirish»ni taklif qildi.

Rossiya vaziri so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston harbiy mutaxassislari Rossiyada yaxshi bilimga ega bo‘lmoqda.

«Shuningdek, alohida rejani, ya’ni dasturni tayyorlash ham muhim deb hisoblaymiz, uni esa siz bilan Rossiyada avgustda bo‘lib o‘tadigan ‘Armiya-2018’ Xalqaro harbiy-texnik forum chog‘ida ko‘rib chiqishga umid qilamiz, ushbu jarayonda siz bilan harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisini ham o‘tkazishimiz mumkin», — dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, Sergey Shoygu 21 may kuni Toshkentga keldi. 22 may kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov Sergey Shoygu bilan muzokaralar olib borishi, unda ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy, harbiy-texnik va harbiy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning istiqboldagi rejalari xususida so‘z yuritilishi xabar berilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 263
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar