“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:07
ЎЗO‘Z

Bosh prokuraturada yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi (foto)

21 мая, 17:30 5 212 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bosh prokuraturada yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi (foto) O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurorining 2018 yil 18 maydagi buyrug‘iga asosan Yevgeniy Vyacheslavovich Kolenko O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda mahkama axborot xizmati xabar beryapti.

Ye.Kolenko 1977 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1999 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2013 yilda Bosh prokuraturaning Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1999 yilda Chilonzor tumani prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004 yildan boshlab, Bosh prokuratura boshqarma alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2008 yilda “Jasorat” medali, 2017 yilda “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan. 2017 yildan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Bosh prokurorning mazkur buyrug‘i bilan Rustam Baxtiyorovich Gafurov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Rustam Baxtiyorovich Gafurov

R.Gafurov 1983 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2005 yilda O‘zbekiston milliy universitetini, 2011 yilda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini, 2017 yilda Bosh prokuraturaning Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2005 yilda Toshkent tumani prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyat prokuraturasida turli lavozimlarda, Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 2018 yildan shu vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y bergandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 178
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 51
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 64
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 62
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar