“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:14
ЎЗO‘Z

Peshonaga qo‘yilgan «2»lar: maktabdagi bir qator mansabdorlar ishdan olindi

16 мая, 00:08 5 512 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Peshonaga qo‘yilgan «2»lar: maktabdagi bir qator mansabdorlar ishdan olindi So‘nggi kunlarda internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarda peshonasiga «2» baho qo‘yilgan o‘quvchilar surati tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi va hamyurtlarimizning haqli e’tirozini keltirib chiqardi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan mazkur holat o‘rganib chiqildi. Ma’lum bo‘lishicha, voqea shu yilning may oyi boshida Bekobod shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabining 1-«J» sinfida sodir bo‘lgan. Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan muassasada xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, o‘quvchilarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ygani uchun barcha mas’ul xodimlarga tegishlicha chora ko‘rildi. Bu haqda «Xabar.uz» saytiga Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xususan, muassasada o‘quvchilarning huquqlari poymol etilishi, ularning qadr-qimmati kamsitilishiga sharoit yaratib bergani, maktabda nazoratni izdan chiqarib, ta’lim-tarbiya jarayonini qoniqarsiz holatga keltirgani, o‘zining lavozim majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzgani uchun maktab direktori D.Babamuratova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

O‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani, qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari H.Razzoqova, G.Baymatova, O.Abdullayeva, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar I.Mo‘minov, M.Ro‘ziyeva hamda pedagogga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari, o‘z o‘quvchisining kamsitilishiga yo‘l qo‘ygani uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari S.Rahmonova, M.Hamdamova bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

O‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani, tasarrufidagi ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini nazorat qilmagani uchun Bekobod shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri M.Qo‘zibayevga «Hayfsan» berildi. Bekobod shahar xalq ta’limi bo‘limi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va bolalarning ijtimoiy himoyasi bo‘yicha sho‘’ba mudiri N.Musakova egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sh.Burxonov o‘quvchilarning ota-onalari bilan uchrashib, ulardan bo‘lgan voqea uchun uzr so‘radi.

Mazkur holat tizimdagi barcha ta’lim muassasalarida pedagoglar, mahalla faollari va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi. Voqea yuzasidan aniqlangan xato va kamchiliklarga huquqiy baho berish uchun tegishli tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga ma’lumot kiritildi.

Xalq ta’limi vazirligi har bir o‘quvchining bepul va sifatli umumiy o‘rta ta’lim olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlari so‘zsiz ta’minlanishiga ko‘maklashadi va o‘quvchi huquqlari buzilishining har qanday ko‘rinishiga nisbatan qat’iy chora ko‘radi. Shu o‘rinda, vazirlik ota-onalar va jamoatchilikdan ta’lim-tarbiya jarayonlarida faol bo‘lishni so‘ragan holda hamkorlikka doim tayyorligini ma’lum qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 38
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar