“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:14
ЎЗO‘Z

Uch oyatli suradagi o‘n mo‘’jiza

15 мая, 11:31 12 046 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uch oyatli suradagi o‘n mo‘’jiza Ma’lumki, Qur’oni karimdagi eng ixcham suralardan biri “Kavsar” surasidir. Bu sura atigi uch oyatdan iboratdir. Lekin, Alloh ta’olo O‘zining qudratini, eng kichik surasining birida “o‘n” raqamiga bog‘liq qilib o‘nta mo‘’jiza ko‘rsatganligi insonni hayratga solmay iloji yo‘q. Bu raqamlardagi sonlar bir dona ko‘p yoki bir dona kam bo‘lmay, ayni o‘nta ekanligini ko‘rib beixtiyor “Subhanalloh” deb yuborasan kishi. Chunki bunday mo‘’jiza faqat olamlarning Robbisi tomonidan bo‘lishi mumkin xolos. To‘g‘ri, bu mo‘’jizalarning hammasi arab alifbosidagina ko‘rinadi. Zero, Allohning kalomining mo‘’jazligi, nozil bo‘lgan tilidagina namoyon bo‘ladi. Keling, ularni bir-bir sanab chiqamiz:

1. Suraning kalimalarini adadi o‘ntadir.

2. Suraning avvalgi oyatida hijo harflarinig o‘ntasi qo‘llangan.

3. Suraning ikkinchi oyati ham, o‘nta hijo harflaridan tashkil topgan.

4. So‘nggi oyatda ham o‘nta hijo harflari mavjud.

5. Surada eng ko‘p takrorlangan harf “alif” bo‘lib u ham o‘ntadir.

6. Surada faqat bir marta kelgan harflarning adadi o‘ntadir.

7. Surada “harfi muqattaot”lardan bo‘lmagan harflar o‘n marta takrorlangan.

8. Suraning barcha oyatlari “ro” harfi bilan tugagan. “Ro” harfi esa harfi hijoiyalarning o‘ninchi tartibida turadi.

9. Qur’oni karimda oyatlari “ro” harfi bilan tugaydigan suralarning soni o‘nta bo‘lib, Kavsar surasi o‘ninchi o‘rinda turadi.

10. Suraning so‘nggi oyatida Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga “Qurbonlik qiling” deb buyurilgan. Bu qurbonlikni so‘yish amali zulhijja oyining o‘ninchisidan boshlanadi.

Yuqoridagi muborak suraning o‘zbek tilidagi ma’nolariga bir nazar tashlasak, foydadan xoli bo‘lmas.

Kavsar surasi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.

1. (Ey Muhammad) Biz sizga Kavsarni ato etdik.

2. Bas, Robbingizga namoz o‘qing va qurbonlik qiling.

3. Albatta sizni ayblovchining o‘zi mahrumdir.

Suraning o‘qilishi va yod olishning osonligi, har bir oyatning vaznlari va “qofiya”larining bir-biriga o‘ta mutanosibligi, Alloh ta’oloning O‘zi ham, so‘zi ham naqadar buyuk ekanligiga dalolat qiladi.
Olimjon Abidjonov,
Quvasoy shahar “Islom” masjidi imom noibi

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar