“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 06:42
ЎЗO‘Z

Axmet DEMIR: "O‘zbekiston bilan yana hamkorlik qilayotganimdan juda xursandman"

13 мая, 10:25 3 845 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Axmet DEMIR: "O‘zbekiston bilan yana hamkorlik qilayotganimdan juda xursandman" Keyingi paytda xorijlik, xususan, Turkiya ishbilarmon doirasi vakillari o‘z biznes faoliyatini yurtimiz bilan bog‘lashga intilmoqda. Hamkorlikda yirik loyihalarga qo‘l urilayapti. “Demir Group” kompaniyasi rahbari Axmet DEMIR — shulardan biri.

Muxbirimiz mazkur mashhur investor bilan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi bugungi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalar, tadbirkor tomonidan hayotga tatbiq qilinayotgan loyihalar haqida suhbatlashdi.

— Sizga biznes faoliyatingizni O‘zbekiston bilan qayta bog‘lashga nima turtki bo‘ldi?

— Ota yurtimizga bo‘lgan muhabbat, o‘zbek xalqiga ishonch. Inson yaxshi ko‘rmagan joyda yasholmaydi. Bu aniq. Chidam bilan ishlash esa mumkin emas. Odam ishonch paydo bo‘lgan, ertasidan ko‘ngli to‘q joydagina hadiksiz, rohatlanib ishlaydi.

Yashirishning hojati yo‘q, avvallari o‘zbek do‘stlarimizda ham biznesga sarmoya kiritishda ikkilanishlar bo‘lardi. Bugun uning o‘rnini qat’iyat egallab, keyingi 2 yilda xalq harakatga tushib ketdi. Bu esa bizga kuch-quvvat, jasorat beradi. Prezidentga, islohotlarga ishonchni kuchaytiradi.

— “Chorsu” mehmonxonasi qayta rekonstruksiya qilish va zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmuasini barpo etish loyihasiga sarmoya kirityapsiz. Uning umumiy qiymati qancha? Mehmonxona mijozlariga o‘z eshiklari qachon ochadi?

— Qiymati 33 million AQSh dollariga teng loyihamiz hujjatlarini tayyorlash va qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash ikki yilga mo‘ljallangan. Ya’ni 2019 yil yakuniga qadar ob’ektni to‘liq ishga tushirish niyatidamiz. Lekin umumiy maydoni 34 ming kvadrat metrlik binoni zamonaviy qiyofaga keltirish oson ish emas. Chunki elektr energiyasi, ichimlik suvi kabi muhandislik tarmoqlaridan uzilgan, lifti yo‘q 24 qavatli inshootning axlatlar uyumlaridan tozlab, tartibga keltirishga, ishonasizmi, olti oy kerak bo‘ldi. Shundan so‘ng bino texnik ekspertiza qilish ishlariga kirishildi. Hozirgi paytda bu yumushlar to‘liq yakunlanib, me’morlar tomonidan qayta ta’mirlash bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi.
“Xalq so‘zi” muxbiri
Said RAHMONOV suhbatlashdi.

Manba: Xalq so‘zi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 47
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 43
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 126
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 158
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 96
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 58
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 108
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 112
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 142
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 67
  • Bo‘limlar