“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:19
ЎЗO‘Z

Buxoroda temir yo‘l bekati boshlig‘i pora olayotganida ushlandi

05 мая, 16:14 6 275 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda temir yo‘l bekati boshlig‘i pora olayotganida ushlandi Buxoroda yuk vagonlarini qabul qilish va topshirish uchun “haq” talab qilgan temir yo‘l bekati boshlig‘i pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati ma’lumotiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Kogon temir yo‘l bekatiga kelgan yuk vagonlarini o‘z buyurtmachilari yoki tegishli korxona va tashkilotlarga berish hamda o‘z vaqtida qabul qilib topshirish jarayonlarida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli Kogon temir yo‘l bekati boshlig‘i yuklarni qabul qilib topshiruvchi mas’ul shaxslardan muntazam ravishda har bir vagon uchun 200 ming so‘m miqdorida pul talab qilib kelayotganligi bois, uning noqonuniy harakatlariga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rishni so‘rab qilingan murojaat yuzasidan Buxoro viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va Buxoro viloyat IIB TJXTB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar olib borilgan.

Uning davomida Kogon shahar, Zirabod ko‘chasida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Buxoro MTUga qarashli Kogon temir yo‘l bekati boshlig‘i lavozimida ishlovchi M.K. o‘z xizmat xonasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga tegishli yuklarni qabul qilib topshiruvchi mas’ul shaxsdan 200.000 so‘m pullarni tamagirlik yo‘li bilan qonunga xilof ravishda olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan M.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 44
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar