“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:39
ЎЗO‘Z

Bolalarni bog‘chaga qabul qilish tartibi o‘zgardi

02 мая, 17:19 7 917 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bolalarni bog‘chaga qabul qilish tartibi o‘zgardi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 28 martdagi qarori bilan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Mazkur hujjat bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish sohasidagi muammolardan kelib chiqib qabul qilindi va o‘z navbatida xalqimiz uchun mazkur sohada yengiliklarni yaratdi.

Jumladan, ilgari bolalarni bog‘chaga qabul qilish bo‘yicha murojaatlar faqat fuqaroning o‘zi kelgan holda haftaning seshanba va juma kunlari qabul qilingan bo‘lsa, yangi tartibga asosan fuqaro bu masaladagi murojaatlarini davlat xizmatlari markaziga haftaning xohlagan ish kuni o‘zi borgan holda topshirishi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali har kuni, shuningdek onlayn rejimda topshirish imkoniga ega bo‘ldi.

Yana bir yangilik shundan iborat bo‘ldiki, endi har bir ota-ona bog‘chalarning rasmiy veb-sayti orqali bog‘chaning sig‘imi va mavjud bo‘sh o‘rinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, anketalar ro‘yxati hamda navbatga kiritilganlar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan doimiy tarzda tanishib borishi mumkin. Bu yangiliklar doimiy tarzda yangilab boriladi.

Shu bilan birga, murojaat etuvchi farzandini bog‘chaga joylashtirish uchun ilgari 5 turdagi hujjatlarni taqdim qilgan bo‘lsa, yangi tartibga ko‘ra faqat anketa to‘ldirish talab etiladi. Bundan tashqari, ilgari bu masaladagi murojaatlar 10 kunda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, bu muddat endi bir ish kuni etib belgilandiqisqartirildi.

Bundan tashqari, davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul komissiyasi arizani ko‘rib chiqish natijasida yo‘llanma berish, arizani navbatga qo‘yish va arizachiga bo‘sh joy mavjud bo‘lgan boshqa muassasani taklif qilish to‘g‘risidagi qarorlardan birini qabul qilish tartibi bekor bo‘lib, endilikda maktabgacha ta’lim bo‘limi anketaga asosan yo‘llanma rasmiylashtiradi yoki uni navbatga qo‘yadi.

Nogiron bo‘lgan shaxslarning, uch nafar yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalarning, harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining, talabalar va pedagoglarning bolalari, yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan hamda boshqa muassasalardan o‘tkazilgan bolalar, shuningdek akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar anketalari imtiyozli ro‘yhatga kiritildi.

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 114
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar