“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:17
ЎЗO‘Z

Nobel mukofoti sohibi: «O‘zbekistonni ko‘rish — qirq yillik orzuim»

30 apr, 22:56 5 686 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nobel mukofoti sohibi: «O‘zbekistonni ko‘rish — qirq yillik orzuim» Foto: «O‘zbekiston ovozi» gazetasi
«O‘zbekiston ovozi» gazetasida kimyogar-olim, Nobel mukofoti laureati, Shimoliy Karolina universiteti professori Aziz Sanjarning O‘zbekiston haqidagi fikrlari e’lon qilindi.

— Dunyoda O‘zbekistonni al Farobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, ibn Sino, al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek kabi jahon fanining tamal toshlarini qo‘ygan olimlar Vatani sifatida bilishadi.

2015 yilda menga kimyo va biokimyo fanlari bo‘yicha Nobel mukofoti berilganida bu nufuzli mukofotni mazkur fanlarga asos solgan al-Beruniy va ibn Sinolarning avlodi sifatida qabul qilib oldim.

Haqiqatan ham go‘zal yurtingiz O‘zbekiston ota yurt Turkistonning qalbidir. U yerdagi qadim turkiy madaniyat, til, ilm-fanning markazlari bo‘l­mish Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm kabi shaharlarda o‘tmishda va bugungi kunda dunyo tan olgan buyuk tamaddun kamol topdi va jahoniy shuhrat taratdi.

Ulug‘bek madrasasida XV asrda astronomiya, matematika, kimyo, tarix kabi fanlarning taraqqiy etgani, bu madrasaning shuhrati, unda yaratilgan asarlarning, yulduzlar jadvalining Usmonli saltanati or­qali Yevropaga yetib borgani hamda bu yurtlardagi ilm-fanning rivojiga turtki berganini faxr-iftixor bilan ta’kidlashni istayman.

Bugungi kunda O‘zbekiston fani va madaniyatining shonli an’analarini tiklash, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan katta kuch-g‘ayrat sarflanayotgani meni juda quvontiradi. Ilm-fanga yo‘naltirilgan sarmoya va e’tibor, albatta, o‘z samarasini beradi.

O‘zbekistonda yaqin yillar ichida ilm-fanning beqiyos rivojlanishiga, bu yerdan dunyoga dovrug‘ soladigan olimlar yetishib chiqishiga ishonaman.

Yaqin kelajakda buyuk allomalar yurti O‘zbekistonda bo‘lib, u yerdagi qadimiy ilm-fan markazlarini ziyorat qilish, o‘zbek xalqining o‘z yurtini gullab-yashnatish borasida olib borayotgan faoliyati bilan tanishish niyatim bor.

O‘zbekistonni ko‘rish — bu mening 40 yillik orzuim. Qardosh va qondosh o‘zbek xalqiga, uning ilmga chan­qoq yoshlariga alangali salomlarimni yo‘llayman. O‘zbekistonda ko‘rishguncha...




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar