“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:40
ЎЗO‘Z

Toshkent shahar bosh imom-xatibi 19 kundan beri koma holatida yotganligi ma’lum qilindi

27 apr, 20:53 7 112 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahar bosh imom-xatibi 19 kundan beri koma holatida yotganligi ma’lum qilindi O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent shahar vakilligi bosh imom-xatibi, 60 yashar Anvar qori Tursunov Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazida 5 aprel kuni jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganidan beri sun’iy komada qolmoqda. Bu haqda “Sof.uz” Anvar qorining yaqinlari bergan ma’lumotga tayanib xabar qildi.

Bemor jarrohlik amaliyotidan keyin bir muddat o‘ziga kelib yaqinlari bilan gaplashgan. Shundan keyin miya to‘qimalari shishishi va nobud bo‘lishi oldini olish uchun Anvar qori Tursunovni sun’iy komada ushlab turishga shifokorlar konsiliumi qaror bergan.

Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish Respublika ilmiy markazi xodimining bildirishicha, bemor ayni vaqtda sun’iy nafas oldirish tizimiga ulab qo‘yilgan. Jarrohlik amaliyotidan keyin o‘tgan 20 kun ichida Tursunovning ahvoli qoniqarli va barqaror qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Anvar qori Tursunov 1958 yil 21 noyabrda Toshkent shahri Hamza tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1966—1976 yillarda Hamza tumanidagi 198-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan.

1981 yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini, 2001 yil Toshkent islom institutini tamomlagan.

Anvar qori Tursunov mehnat faoliyatini 1981—1984 yillarda “Yoshlik” jurnalida muharrir vazifasidan boshlagan. So‘ngra O‘zbekiston fanlar akademiyasi ilmiy xodimi, Abdulla Qahhor uy muzeyi ilmiy xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharriri kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

U diniy sohadagi faoliyatini 1994—1999 yillarda Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi “Yangiobod” jome masjidi imom-xatibi sifatida boshlagan. 1999 yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi hamda “Xo‘ja Ahror Valiy” jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan. 2015 yildan “Minor” jome masjidi bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 252
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 74
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 110
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 155
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar