“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 20:24
ЎЗO‘Z

Prezident qarori: fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalariga imtiyozli kreditlar beriladi

27 apr, 10:04 8 732 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident qarori: fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalariga imtiyozli kreditlar beriladi Kecha, 26 aprel kuni “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Qaror matni O‘zAda keltirilgan.

Prezident qaroriga ko‘ra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzurida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi.

Jamg‘arma mablag‘lari fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yil muddatga, shu jumladan, 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 2 foizlik bank marjasini hisobga olgan holda yillik 7 foiz stavkada kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankiga resurslar joylashtirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqarish, qayta ishlash, tayyorlash, ta’minlash, savdo tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi texnikalari va transportlarini sotib olish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining issiqxonalarini qurish uchun materiallar va butlovchi qismlar xarid qilishga kreditlar berish kabi maqsadlarda sarflanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 28
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 72
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 104
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 33
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 0
  • Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda” 27 apr, 19:36 9
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 97
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 57
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 101
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 55
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 43
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 137
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 70
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 22
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 72
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 28
  • Bo‘limlar