“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 14:02
ЎЗO‘Z

Qur’on musobaqasi mutlaq g‘olibi: “Prezidentimizni duo qilishimiz kerak”

27 apr, 00:32 5 356 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qur’on musobaqasi mutlaq g‘olibi: “Prezidentimizni duo qilishimiz kerak” — 1995 yil 9 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanining Kenagas qishlog‘ida tug‘ilganman. Qur’onga muhabbat oilamizdan boshlangan. Otam Ibrohim Jumamurodov uzoq yillar davomida tumanimizda imom-xatib bo‘lib ishlagan. U kishi bolalik paytimda menga harf o‘rgatib, Qur’on oyatlarini yodlatgan. Bola bo‘lganim uchun har bir erishgan natijamdan so‘ng rag‘batlantirishni unutmasdi. Otamning ko‘magi bilan 2,5 pora Qur’onni yodlaganman.

So‘ngra Ne’matulloh qori Aminjon Eshon domladan saboq oldim, 30 pora Qur’onni yodladim. Ilk Qur’on xatmini 9 yoshimda, 2004 yilning Ramazon oyida Nukus shahridagi “Imom eshon Muhammad” jome’ masjidida ado etganman. 2010 yilda maktabni bitirib, Nukus shahridagi Muhammad Beruniy o‘rta maxsus Islom bilim yurtida tahsil oldim. Bu yerda tajvid va qiroat bo‘yicha bilimlarimni Bahrom qori qo‘l ostida mustahkamladim. 2015 yilda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutiga o‘qishga kirdim, hozir 3-kurs talabasiman.

Islom institutida 1-kursda Islomxon Ubaydullayevdan, hozirgi vaqtda Ahmadxon Rashidovdan tajvid va qiroat bo‘yicha tahsil olyapman. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda Jahongir Ne’matovdan qiroat sirlarini o‘rganib boryapman.

2011-2012 yilarda respublika Qur’on musobaqasida sovrindor, 2013 yili Kuvaytda bo‘lib o‘tgan xalqaro Qur’on musobaqasining peshqadamlar o‘ntaligidan joy oldim. 2016 yili Toshkent Islom institutida o‘tkazilgan “Qur’on ziyofati” ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘lganman.

Meni joriy yilgi Qur’on musobaqasining mutloq g‘olibi, deb e’lon qilishganida qalbimdan o‘tgan hislarni ifoda etishim qiyin. Albatta, bu Allohning fazli bo‘ldi.

Bilasizmi, meni nima xursand qildi?.. XIX asrda ham Qoraqalpog‘iston va Xorazm tomonlarda ko‘plab ulamo va qorilar bo‘lgan. Ammo sho‘rolar olib borgan dahriylik siyosati sababli ular soni keskin kamayib ketgan.

Qoraqalpog‘istondan chiqqan mendek yigitning g‘olib bo‘lishi biz tomonlardan yana ko‘plab qori va ulamolar chiqishiga turtki berishidan umidim bor va buni Allohdan so‘rayman.

G‘olib deb e’lon qilishganida sahnada turar ekanman, avvalo Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan oqilona ishlari haqida o‘yladim. Aynan u kishining tashabbusi bilan yurtimizda diniy sohada ham islohotlar o‘tkazilyapti. Qur’on musobaqasi ham mamlakat rahbarining taklifi bilan tashkil etildi. Ilgari kuzatilmagan holat — Qur’on musobaqasining targ‘ibot bannerlari butun respublikamiz bo‘ylab markaziy ko‘chalarga o‘rnatildi, ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritildi. Prezident sovg‘asi — Lacetti avtomashinasi kalitini topshirishdi. Bularning barchasi uchun rahmat aytaman. Biz, butun xalqimiz u kishini duo qilishimiz, amalga oshirayotgan xayrli ishlarida Alloh madadkor bo‘lishini so‘rashimiz kerak.
Muhammad Temur A’ZAM yozib oldi.

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 24
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 82
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 135
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 70
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 25
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 24
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 147
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 82
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 156
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 91
  • Bo‘limlar