“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 04:01
ЎЗO‘Z

Toshkent shahriga yangi hokim tayinlandi

26 apr, 19:40 7 425 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahriga yangi hokim tayinlandi 26 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida o‘tkazilgan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev yig‘ilish ishtirokchilariga tanishtirildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar hokimi lavozimida 2012 yildan buyon ishlab kelgan Rahmonbek Jahongirovich Usmonov vazifasi ayni chog‘da Akfa Group kompaniyalari asoschisi va rahbari, ishbilarmon Jahongir Ortiqxo‘jayevga yuklatildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar sobiq hokimi Rahmonbek Jahongirovich Usmonov shu kunning o‘zida O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev 1975 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyoti universitetini tamomlagan. Jahongir Obidovich faoliyatini “Jahongir” MCHJ direktori sifatida boshlagan, so‘ngra “Artel Injiniring” MCHJ direktori sifatida ishlab kelayotgandi. U 2015 yili “Do‘stlik” ordeni davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Ma’lumot uchun, Akfa Group kompaniyasi tarkibiga Artel, Atlas, Mediapark va Imzo kabi brendlar ostida faoliyat olib borayotgan korxonalar kiradi. Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘nggi paytda Toshkent shahrida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan tadbirkorlardan biri.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Masalan, kuni kecha Turkmaniston Respublikasi prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov O‘zbekistonga tashrif buyurganda, yangi qurilgan Ashxobod bog‘ining ochilish marosimida Ortiqxo‘jayevning ikki davlat prezidentlariga hamroh bo‘lganini suratlarda ko‘rish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 169
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 78
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 54
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 52
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 112
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 29
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 89
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 61
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 69
  • Bo‘limlar