“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:36
ЎЗO‘Z

Toshkent shahrida 3.27 yo‘l belgisi nima uchun ko‘pligiga oydinlik kiritildi

22 apr, 23:47 9 156 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahrida 3.27 yo‘l belgisi nima uchun ko‘pligiga oydinlik kiritildi “Hozirgi kunda Toshkent shahridagi yo‘llar to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. Bunda “To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilariga alohida e’tibor berilmoqda. Ularning o‘rnatilishi bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani o‘rganilmoqda”, - dedi Barat Mamenov.

U, shuningdek shu belgilarning o‘rnatilishiga ham izoh berib, bir vaqtlar ushbu belgilar o‘rnatilgan yo‘l chetida avtotransport vositalarining to‘xtashiga ruxsat etilmagan bino yoki inshoot bo‘lgani sababli shunday belgilar o‘rnatilganini qayd etdi. Ammo bugungi kunga kelib, o‘sha ob’ekt yoki yo‘l belgisi o‘z mohiyatini yo‘qotgan bo‘lishi mumkin.

Ushbu o‘rganishlar chog‘ida belgilarning umuman olib tashlangan holatlari ham bo‘lmoqda. Ba’zi hollarda, “To‘xtash taqiqlangan” (3.27) yo‘l belgisi “To‘xtab turish taqiqlangan” (3.28) belgisiga almashtirilmoqda.

“Biroq Toshkent shahri yo‘llari bo‘ylab 3.27 yoki 3.28 belgisini butunlay olib tashlash maqsadga muvofiq emas. Chunki haydovchilar bu holatda yo‘l chetining istagan qismiga transport vositalarini qoldirib ketishi oqibatida yo‘llarning avtomobillarni o‘tkazuvchanligiga putur yetadi”, - dedi Barat Mamenov.

YHXB boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, ayni o‘rganishlar davomida yo‘l belgilari, svetofor chiroqlarining muddati ham atroflicha o‘rganilib, zarur holatlarda svetofor chiroqlari intervali o‘zgartirilmoqda.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 178
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 51
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 64
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 62
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar