“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 07:53
ЎЗO‘Z

DXX xodimlari tomonidan tuman hokimi yordamchisi qo‘lga olindi (VIDEO)

21 apr, 15:57 9 494 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX xodimlari tomonidan tuman hokimi yordamchisi qo‘lga olindi (VIDEO) Joriy yilning 19 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining viloyat boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatning oldini olishdi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalida namoyish etilgan lavhada aytilgan.

Qayd etilishicha, maxsus xizmat xodimlari tomonidan Qo‘shko‘pir tumani hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi Umurbek Atanazarov fuqarolarni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish uchun ko‘maklashish bahonasida aldov orqali ularning pullarini olish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida Umurbek Atanazarov Janubiy Koreya davlatiga shartnoma asosida ishga jo‘natish uchun ikki nafar fuqarodan sakkiz ming AQSh dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Dastlabki tergovoldi surishtiruvi vaqtida Umurbek Atanazarov shu vaqtga qadar 12 nafar fuqarodan jami 22 ming 400 AQSh dollari olganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha hokim yordamchisi Umurbek Atanazarovga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 87
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 34
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 172
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Bo‘limlar