“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:33
ЎЗO‘Z

Prezident qarori: Yerlar endi elektron auksion savdosi orqali beriladi

21 apr, 13:02 8 972 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident qarori: Yerlar endi elektron auksion savdosi orqali beriladi Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Qaror bilan 2018 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib belgilandi, unga ko‘ra:

- yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion orqali amalga oshiriladi;

- yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallarni yig‘ish, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish faqat zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni birxillashtirish bo‘yicha qaror qabul qilish topshirildi.

Bosh prokuratura hamda Davergedezkadastr qo‘mitasiga manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

- tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga beriladigan yer uchastkalarini ajratish bo‘yicha materiallarni yig‘ish va vakolatli tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini bajarish bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, uning “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi bilan integratsiya qilish;

- tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron auksion o‘tkazish orqali berilishini tashkil etishni ta’minlash yuklandi.

Qurilish vazirligiga manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

- aholi punktlarining bosh rejalari loyihalariga, qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga bo‘lgan talablarni loyihalarning tarkibini, ularni kelishish tartibi va muddatlarini soddalashtirgan, shuningdek, aholi punktlarini rivojlantirish va qurishni rejalashtirish bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish narxlarini pasaytirgan holda tubdan qayta ko‘rib chiqish;

- aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirishda tadbirkorlik sub’ektlari – davlat-xususiy sheriklik ishtirokchilariga batafsil rejalashtirish loyihalarida ko‘rsatilgan chegaralar doirasida yer uchastkalarini olishga ustunlik huquqini taqdim qilgan holda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish;

- aholi punktlari bosh rejalaridan, qishloq (ovul) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirishni tashkil etish loyihalaridan ularning ochiq grafik qismini Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari veb-saytlarida e’lon qilish orqali hammaning foydalanish imkoniyatini ta’minlashni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritishi topshirildi.

Hisob-kitob (smeta) qiymati 2 milliard so‘m va undan yuqori bo‘lgan ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli ro‘yxatini Hukumat darajasida tasdiqlash;

- qurilish (rekonstruksiya, kapital ta’mirlash) qiymati oldin e’lon qilingan qiymatidan oshgan ijtimoiy va fuqarolik ahamiyatga ega ob’ektlar bo‘yicha xulosalar berish tartibi bekor qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 53
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 144
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 265
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar