“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 10:01
ЎЗO‘Z

Toshkent viloyatida soxta IIB xodimi qo‘lga olindi

18 apr, 09:31 6 541 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent viloyatida soxta IIB xodimi qo‘lga olindi Joriy yilning 12 mart kuni kelib tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan “Toshkent - O‘sh” va “A-373 Guliston - O‘sh” magistral avtomobil yo‘lida ichki ishlar organlari xizmat kiyimida shubhali “soxta yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi” xizmat olib borayotganligi haqida xabar kelib tushadi.

«Viloyat ichki ishlar boshqarmasi o‘z xavfsizligi bo‘limi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida «A-373 Guliston — O‘sh» magistral avtomobil yo‘lining 124—chaqirimida, yo‘l chetida Nexia rusumli 10 Z 276 MA davlat raqamli avtomashina old yo‘lovchi o‘rindig‘ida ichki ishlar organlari xizmat kiyimida bo‘lgan shaxsdan o‘zini tanishtirish so‘ralganida, xodimlarning qonuniy talablarini bajarmasdan ularga qarshilik ko‘rsatib, fuqarolik kiyimida bo‘lgan haydovchi avtomashinani katta tezlikda Ohangaron shahri yo‘nalishida boshqarib, qochib ketadi.

Ichki ishlar xodimlarining sa’y-harakatlari bilan avtomashina to‘xtatilib, tekshirilganda, haydovchi Angren shahar Nurobod qo‘rg‘onida yashovchi S.J avtomashinani tegishli xujjatlarsiz, mast holatda boshqarganligi, yonida bo‘lgan «soxta yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi» Ohangaron tumanida yashovchi X.X ekanligi aniqlandi», — deyiladi xabarda.

Ulardan ichki ishlar organlari xodimlarining bushlati, Yo‘l harakati xavfsizligi inspektori jileti va jezl tayoqchasi olindi.

Surishtiruvlar mobaynida ushbu shaxslar ilgari ichki ishlar organlarida bir muddat xizmat olib borishganligi, o‘zlarining salbiy xatti-harakatlari sababli xizmatdan bo‘shatilganligi, xizmatdan bo‘shatilgandan keyin ham ichki ishlar organlari xodimi libosini kiyib sodir etgan jinoiy qilmishlari uchun sudlanganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan X.X va S.J.lar o‘zlariga tegishli jazoni oladi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunlariga ko‘ra davlat xizmatchilarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish uchun eng kam oylik ish haqining besh baravarigacha jarima belgilangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 90
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 271
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 106
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 110
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 57
  • Bo‘limlar