“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:00
ЎЗO‘Z

Prezident majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holatni «favqulodda holat» deb qaraydi

18 apr, 06:30 4 782 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holatni «favqulodda holat» deb qaraydi O‘zbekiston hukumati bundan buyon majburiy mehnat bilan bog‘liq har bir holatni «favqulodda hodisa» sifatida ko‘rib chiqadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida 17 aprel kuni o‘tkazilgan «Hududlarda dala va tozalash-obodonlashtirish ishlariga tibbiyot va ta’lim muassasalari xodimlari, talabalar va ijtimoiy soha vakillarini jalb qilishni taqiqlash va ushbu holatlarga yo‘l qo‘ygan barcha darajadagi hokimlar va rahbarlarning shaxsiy mas’uliyat va javobgarligini oshirishga qaratilgan choralarni belgilash» masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma’lum qildi.

Bosh vazirning hududlardagi rahbarlarning ta’lim va tibbiyot xodimlarini o‘z sohasiga taalluqli bo‘lmagan ishlarga jalb etishi, ko‘zbo‘yamachiliklarga yo‘l qo‘yishi holatlari mamlakatda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan siyosatga ziyon yetkazmoqda.

Bosh vazir prezidentning viloyatlarga tashriflari arafasida ta’lim, tibbiyot xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb etish barcha hududlarda avj olganini qayd etib o‘tgan.

«Hukumatga alohida topshiriq berildi: har bir shunday holat endi favqulodda hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi», — deya bosh vazirning so‘zlari keltiriladi.

Bosh vazir o‘qituvchi va shifokorlarni jamoat ishlariga majburan jalb etgan rahbarlar va amaldorlarning ishi yuzasidan prokuratura va boshqa organ xodimlari ishtirokida alohida nazorat o‘rnatilishini, prezidentning maxsus topshirig‘iga ko‘ra, endilikda majburiy mehnat masalasi favqulodda holat sifatida yuqoridagi tashkilotlar bilan birgalikda alohida ko‘rib chiqilishini ta’kidlab o‘tgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 52
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 180
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • Bo‘limlar