“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:33
ЎЗO‘Z

Komil Allamjonov: Ko‘zbo‘yamachilikka uringan yoki buning oldini olmagan rahbarlar qattiq jazolanadi (video)

17 apr, 18:16 4 351 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Komil Allamjonov: Ko‘zbo‘yamachilikka uringan yoki buning oldini olmagan rahbarlar qattiq jazolanadi (video) O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining Press-xollida 17 aprel kuni brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov chiqish qildi. Brifing «O‘zbekiston 24» telekanali orqali jonli efirda namoyish etildi.

Davlatimiz rahbari 13 aprel kuni Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida viloyatlarga safarlar oldidan ijtimoiy soha xodimlarining obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani, ayrim joylarda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilayotganini jiddiy tanqid ostiga oldi. Bu lavha OAV orqali barchaning e’tiboriga havola qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning mazkur so‘zlaridan keyin ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot bermoqchiman.

Prezident bunday holatlar yana qaytarilmasligi uchun huquqiy mexanizm yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Topshiriqqa ko‘ra, aholini, ayniqsa, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasi xodimlarini, talabalarni obodonlashtirish ishlariga jalb etishni qat’iy taqiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori ishlab chiqiladi.

Ushbu qarorda joylardagi obodonlashtirish xizmatlari faoliyatini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ham aks etadi. Bunda xorijiy davlatlarning bu boradagi tajribasi inobatga olinadi. Fuqarolarni jamoat ishlariga majburlash holatlari shundan keyin ham qaytarilsa, Prezident ta’kidlaganidek, jazo qattiq bo‘ladi. Jumladan, jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuratura oldiga ham bir qator vazifalar qo‘ydi. Samarqandlik o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limiga sababchi bo‘lgan mansabdor shaxslarni yuridik javobgarlikka tortish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Hozirda bu hodisa bo‘yicha o‘rganish olib borilmoqda.

Prezident o‘z nutqida joylardagi ko‘zbo‘yamachilik holatlaridan ham qattiq norozi ekanligini bildirdi. Qayd etilgan xo‘jako‘rsin ishlar yuzasidan prokurorlik tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Jumladan, Qashqadaryoda yo‘l bo‘ylarida yasalgan soxta issiqxonalar, Jizzaxdagi tibbiyot muassasasida eski jihozlar o‘rnatilgani va kasallarni onlayn ro‘yxatga olish dasturi ishlamasligi kabi holatlar tekshiriladi.

Viloyatlarga tashriflar chog‘ida ko‘rsatilgan, jumladan, bank rahbarlari tomonidan taqdim etilgan loyihalarni chuqur va tahliliy inventarizatsiyadan o‘tkazish, kamchiliklar aniqlangudek bo‘lsa, keskin choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Prezident yana shunday ko‘zbo‘yamachilik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida doimiy va qat’iy nazorat o‘rnatish zarurligini ta’kidladi. Ko‘zbo‘yamachilikka uringan yoki buning oldini olmagan rahbarlar qattiq jazolanadi.

Davlatimiz rahbari bergan topshiriqlar ijrosi, aybdorlarning jazolanganligi haqida OAV, jumladan, Bosh prokuratura huzuridagi Mediamarkaz orqali xabarlar berib boriladi.

Komil Allamjonov, O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 39
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar