“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 01:49
ЎЗO‘Z

Toshkentda 2 kunda 37 nafar mast haydovchi qo‘lga tushdi

17 apr, 12:57 4 266 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda 2 kunda 37 nafar mast haydovchi qo‘lga tushdi Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 14-15 aprel kunlari mast holda transport vositasini boshqargan 37 nafar haydovchiga va tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlagan 22 nafar haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan, deb yozadi Xabar nashri.

Bir xafta mobaynida, ya’ni 2018 yilning 09 aprelidan 15 apreliga qadar jami 18950 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Bulardan: 4574 ta qo‘pol qoidabuzarliklar, 112 ta mast holda transport vositasini boshqarish, 80 ta transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi, 277 ta svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmaslik, 1109 ta belgilangan tezlikni oshirish holatlari qayd etildi.

Huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Harakat xavfsizligining kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan hafta mobaynida 3027 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlangan bo‘lib, shundan 1635 tasi svetoforning ta’qiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik, 1392 tasi belgilangan tezlikni me’yoridan oshirish holatlari kuzatildi.

Bunga qanday jazo qo‘llaniladi?

Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasiga ko‘ra, haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi — transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa — eng kam ish haqining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish — eng kam ish haqining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Mazkur Kodeksning 136-moddasiiga binoan, transport vositalari haydovchilarining alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mastligi yoki mast emasligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi — transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, — eng kam ish haqining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchisi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi, eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Rivojlangan davlatlarda qanday jazo bor?




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 0
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 53
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 22
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 71
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 0
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 0
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 0
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 11
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 9
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 57
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 53
  • Bo‘limlar