“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 06:47
ЎЗO‘Z

Imom Buxoriy majmuasiga kirish nega pullik bo‘ldi?

09 apr, 19:39 5 541 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Imom Buxoriy majmuasiga kirish nega pullik bo‘ldi? Keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda sayyohlarning Imom Buxoriy majmuasiga kirishi uchun haq undirilayotgani haqida ma’lumotlar tarqalib, bu borada turli fikrlar bildirildi. Bu gap-so‘zlar qanchalik asosli?

O‘zA muxbiri Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi rahbari D.Ermamatovga murojaat qildi.

"Haqiqatdan ham bugungi kunda majmuaga kirish uchun mahalliy ziyoratchilar 1000 so‘mdan pul to‘lamoqda. Ushbu mablag‘ inshootni saqlash va hududni obodonlashtirish, mehmonlar uchun zarur shart-sharoit yaratish hamda xodimlarga ish haqi berishga yo‘naltiriladi. Shu paytgacha bu xarajatlar majmuaga keluvchi fuqarolarning ehsonlari, homiylar mablag‘i hisobidan qoplangan. Bugungi kunda sayyohlar oqimining keskin ko‘payishi ziyoratgohda ular uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, yangi ish o‘rinlari ochish hamda ularning xavfsizligini ta’minlashni taqozo etmoqda. Shu sababli ziyoratchilarning majmuaga kirishi pullik tartib asosida yo‘lga qo‘yildi.

Yilning birinchi choragida Imom Buxoriy majmuasini 311 ming nafardan ortiq sayyoh, jumladan, 1900 nafarga yaqin xorijliklar ziyorat qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan, 146 ming nafarga ko‘p demakdir. Pul tushumi esa 414 million so‘mni tashkil etib, 2017 yilning birinchi choragiga nisbatan ikki barobar ko‘p bo‘ldi.

Ayni paytda dam olish kunlarida majmuaga o‘rtacha 5 ming nafar sayyoh kelmoqda. Navro‘z bayrami kunlari esa 15-17 minggacha ziyoratchi tashrif buyurdi. Birinchi navbatda bu sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash talab etiladi. Shu maqsadda ilgarigi bitta qo‘riqlash posti ikkitaga yetkazilib, tun-u kun qo‘riqlov amalga oshirilyapti. Majmua ichida esa “Xavfsiz turizm” xodimlari faoliyat ko‘rsatmoqda".




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 323
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 100
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar