“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:33
ЎЗO‘Z

Bolaga necha yoshidan kompyuterga ruxsat berish kerak?

08 apr, 16:02 5 128 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bolaga necha yoshidan kompyuterga ruxsat berish kerak? Xalqaro nufuzga ega klinik psixolog Ketrin Shtayner-Ader o‘zining «The Big Disconnect» («Ulkan ajratgich») kitobida bola va kompyuter munosabatlari masalasini ko‘targan. Kitobning «Texnologiya — bolalik kushandasi» bo‘limida yozilishicha, kompyuter, smartfonu planshetlarga sarflangan vaqt keyinchalik bolalarning o‘zaro va tashqi dunyo bilan muloqotga kirishishlarini qiyinlashtiradi.

Bola nima o‘ynayapti, internetda kim bilan muloqot qilyapti-yu nimalarni o‘rganyapti — bularni ota-onalar yaxshi bilishi lozim, deydi muallif. Internetning yaxshi tomonlari ko‘p, biroq kompyuter o‘yinlari, ekran yuzasiga tinmay qalqib chiquvchi reklamalar, ijtimoiy tarmoqlar, axloqiy buzuqlik koni bo‘lgan veb-saytlar bolaning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, deb hech kim kafolat berolmaydi. Psixologning aytishicha, global tarmoqning eng katta xavfi aynan bolalarning o‘z yoshiga mos bo‘lmagan axborotga duch kelishidir.

Bugungi bolalar elektron qurilmalarga juda chanqoq (ayniqsa smartfon va planshetlarga): oddiy o‘yinchoq olib bersangiz uzog‘i bilan bir kun o‘ynaydi yoki yo‘q. Keyin navbat yana smartfonga...

Go‘dakning qurilmadagi tugmalarni bosishni yaxshi ko‘rishi va video tomosha qila olishi aslo uning kompyuterda ishlashga tayyor ekanini anglatmaydi.
Karolin Jeyns,
Bolalar uchun o‘rgatuvchi onlayn mahsulotlar chiqaruvchi
Leapfrog Enterprises kompaniyasi xodimi

Jeynsning ta’kidlashicha, ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar dunyoni real harakatlar va munosabatlar orqali anglaydi. Bola kompyuter qarshisida o‘tkazgan vaqtda esa bu narsa sodir bo‘lmaydi. Bolalarni uch yoshidan elektron qurilmalar bilan tanishtirishni boshlash mumkin, deydi Jeyns. Ammo kompyuter va planshetlardan bolalar faqat maxsus kompaniyalar ishlab chiqqan ta’lim kontentini o‘rganish maqsadida foydalanishlari kerak.

Aksariyat ekspertlar bola avval maktab yoshiga yetishini kutishni va shundan keyingina uni kompyuterga yaqinlashtirishni tavsiya qilishadi. Manata (Florida, AQSh) maktab okrugi ta’lim texnologiyalari kuratori Jenni Galindoning aytishicha, ko‘p narsa bolaning qurilmadan qanday foydalanishiga bog‘liq: ya’ni u ota-ona nazorati ostidami yoki ko‘chada o‘ynayaptimi?

— Nazorat muhitida hatto 4-5 yoshli bolalar ham smartfon yoki planshetdan foydalanishlari mumkin, chunki ular biron nimani o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Nazoratsiz muhit (bola uyda yolg‘iz qolishi, ko‘chada bo‘lishi)da esa bola to 11-13 yoshga yetmagunicha unga smartfon va planshet olib berish tavsiya etilmaydi, — deydi Jenni Galindo.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 43
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 206
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 285
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar