“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 00:16
ЎЗO‘Z

Anvar qori Tursunov mikroinsultni boshdan kechirdi

06 apr, 18:12 5 754 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Anvar qori Tursunov mikroinsultni boshdan kechirdi Foto: «Minor.uz»
Toshkent shahar va «Minor» masjidi bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov mikroinsultni boshdan kechirdi, deb xabar berdi «Xabar.uz».

Anvar qori Tursunov operatsiya qilingan va hozirda ahvoli ancha yaxshi. U bugungi juma namozida ishtirok eta olmaydi, keyingi haftadan boshlab faoliyatini davom ettirishi kutilyapti.

Ma’lumot uchun, Anvar qori Tursunov 1958 yil 21 noyabrda Toshkent shahri Hamza tumanida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 1966—1976 yillarda Hamza tumanidagi 198-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan.

1981 yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini, 2001 yil Toshkent islom institutini tamomlagan.

Anvar qori Tursunov mehnat faoliyatini 1981—1984 yillarda «Yoshlik» jurnalida muharrir vazifasidan boshlagan. So‘ngra O‘zbekiston fanlar akademiyasi ilmiy xodimi, Abdulla Qahhor uy muzeyi ilmiy xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi tarjima va adabiy aloqalar markazi Sharq adabiyoti bo‘yicha katta muharrir kabi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.

U diniy sohadagi faoliyatini 1994—1999 yillarda Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi «Yangiobod» jome masjidi imom-xatibi sifatida boshlagan. 1999 yildan Toshkent shahar bosh imom-xatibi hamda «Xo‘ja Ahror Valiy» jome masjidi imom-xatibi bo‘lib ishlagan. 2015 yildan «Minor» jome masjidi bosh imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 19
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 92
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 140
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 4
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 6
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 28
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 56
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 48
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 72
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 34
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 75
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 52
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 18
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 47
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 21
  • Bo‘limlar