“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:59
ЎЗO‘Z

Jizzaxda 6 ta tuman hokimi almashtirildi

05 apr, 06:02 9 891 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda 6 ta tuman hokimi almashtirildi 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Jizzax viloyatiga tashrif uyushtirdi.

Tashrif davomida bosh vazir raisligida viloyat markazi Jizzax shahrida, Baxmal, Do‘stlik, Paxtakor va Zarbdor tumanlarida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sesiyalari o‘tkazildi. Sessiyada tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun.uz xabar berishicha, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq viloyat hokimi qaroriga asosan viloyat bo‘yicha jami 6 hokim o‘zgardi.

Jizzax shahri hokimi Akrom Bahritdinovich Raxmonqulov o‘rniga Akbar Safarovich Shukurov;

Baxmal tumani hokimi Bahriddin O‘rolovich Safarov o‘rniga Musa To‘rayevich Anarboyev;

Do‘stlik tumani hokimi Ibrohim Boltaboyevich Qarshiboyev o‘rniga Ulug‘bek Yuldashevich Uzoqov;

Paxtakor tumani hokimi Narzulla G‘aybullayevich Qo‘shboqov o‘rniga Shukurullo Habibullayevich Boboyev;

Zarbdor tumani hokimi Sanoqul Jo‘raqulovich Anqayev o‘rniga Narzulla G‘aybullayevich Qo‘shboqov;

Zafarobod tumani hokimi v.b Ziyadin Hamidovich Sayidov o‘rniga Ibrohim Boltaboyevich Qarshiboyev tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining sobiq hokimi Shukrullo Boboyev va Jizzax viloyatining sobiq hokimi Ulug‘bek Uzoqov o‘tgan yilning 30 oktyabrida 2017 yilgi paxta mavsumida ushbu viloyatlarda hosil qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilgani sababli prezident tomonidan ishdan olingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar