“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:21
ЎЗO‘Z

Tojikiston – O‘zbekiston chegarasini har kuni 10 mingdan ortiq fuqarolar kesib o‘tmoqda

02 apr, 17:16 5 202 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tojikiston – O‘zbekiston chegarasini har kuni 10 mingdan ortiq fuqarolar kesib o‘tmoqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi viza rejimi bekor qilinganidan so‘ng Tursunzoda-Sariosiyo va Panjakent-Samarqand yo‘nalishida har ikki davlatdan o‘rtacha 2 mingga yaqin fuqaro har kuni Tojikiston-O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tmoqda.

Boshqa nazorat-o‘tkazish punktlarida har ikki davlat fuqarolari tomonidan ikki davlat chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lganlar soni har bir sutkada 400dan 1 ming kishiga yaqinni tashkil etmoqda, deya ta’kidlab o‘tishgan Tojikiston chegara qo‘shinlaridan.

“Umumiy hisobda, har kuni ikki davlat o‘rtasidagi chegarani 10 mingdan ortiq fuqaro kesib o‘tmoqda, O‘zbekiston yoki Tojikistonga bormoqchi bo‘lganlar soni har kuni o‘sib bormoqda”, - deya ma’lum qilishgan Tojikiston chegara qo‘shinlaridan.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat O‘zbekiston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarida ishlayotgan o‘z chegarachilari sonini asta-sekin oshirmoqda. Bu chegarani kesib o‘tish chog‘ida katta navbatlar paydo bo‘lmasligi uchun qilinyapti.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, 2017 yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston TIV Konsullik boshqarmasi va konsullik muassasalari tomonidan eng ko‘p konsullik harakatlari O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasida amalga oshirilgan – 55 ming 938, deb xabar bermoqda AP.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi chegarada 1 mart kuni bitta temir yo‘l va sakkizta avtomobil o‘tkazish punkti, shuningdek, bitta chegara posti o‘z ishini tikladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 37
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar