“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:07
ЎЗO‘Z

«O‘zbekenergo» elektr energiyasi narxi nima uchun oshirilayotganini ma’lum qildi

31 mar, 15:20 5 952 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zbekenergo» elektr energiyasi narxi nima uchun oshirilayotganini ma’lum qildi O‘zbekistonda joriy yil 1 aprelidan kommunal xizmatlar, xususan, elektr energiyasi tariflari oshmoqda. «Xalq so‘zi» nashri energiya narxining ko‘tarilishi sabablariga oydinlik kiritish maqsadida «O‘zbekenergo» AJ aksiyadorlik jamiyati iqtisodiyot va prognozlash boshqarmasi boshlig‘i Abduhamid Jo‘rayevga murojaat qildi.

— Ayting-chi, belgilangan yangi tarif bo‘yicha elektr energiyasi bahosning 12 foiz qimmatlashishiga qanday omillar sabab bo‘ldi?
— Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 90 foizidan ortig‘i issiqlik elektr stansiyalari ulushiga to‘g‘ri keladi. Ushbu sub’ektlarda elektr toki hosil qilish uchun katta miqdorda gaz, mazut, ko‘mir va boshqa turdagi yoqilg‘i mahsulotlari sarflanadi. Ushbu yoqilg‘i mahsulotlari narxining o‘zgarishi, o‘z navbatida, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tarifiga ham ta’sir ko‘rsatadi.

— Joriy yilda ta’riflarni guruhlashda ham ilgari qayd etilmagan yangiliklarni kuzatdik. Buning asosiy sababi nimada?
— To‘g‘ri. Shu davrga qadar amal qilib kelgan elektr energiyasi tarif guruhlari 10 tani tashkil etib, ulardan amaliyotda foydalanishda qiyinchilikka duch kelinayotgan edi.
Bugungi kunda murakkab tuzilgan guruhlashdan voz kechilib, soddalashtirilgan tartibga o‘tilayotir. Natijada 2018 yildan e’tiboran elektr energiyasi tarif guruhlari soni 4 taga qisqartirildi.

— Chet el investitsiyalarining sohaga jalb etilishi ham elektr energiyasi narxlariga ta’sir ko‘rsatadimi?
— Hozirgi paytda respublikamiz energetika sohasini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunday modernizatsiyalash ishlari tizimda yuqori samaradorlikka erishilishiga olib keladi. Yuqori samaradorlik esa, o‘z-o‘zidan, yoqilg‘i energetika resurslarini, aniqroq aytganda, tabiiy gaz, ko‘mir, neft mahsulotlarini iqtisod qilinishini ta’minlaydi.

Hozirgi kunda ana shunday yirik loyihalar ro‘yobi uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kredit mablag‘lari jalb qilinayotir. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida respublikada zamonaviy ilg‘or texnologiyalar asosida “Navoiy IES”da 478 MVt, “Talimarjon IES” UKda 2 ta 450 MVtli hamda “Toshkent IES” UKda 370 MVt quvvatga teng bug‘-gaz uskunalari, “Angren IES” AJda esa 130-150 MVt quvvatga teng kullik darajasi yuqori bo‘lgan ko‘mirni yoqishga mo‘ljallangan energoblok ishga tushirildi.

Shuningdek, yaqin yillarda “Navoiy IES”da ikkita 450 MVTli, Taxiatoshda ikkita 280 MVtli, To‘raqo‘rg‘onda ikkita 450 MVtli zamonaviy energobloklar faoliyat boshlaydi. Yuqori hamda past kuchlanishli elektr tarmoqlari rekonstruksiya qilinadi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali ishlab chiqarish samaradorligi oshiriladi. Bu esa elektr energiyasi tariflarining keskin oshib ketishining oldi olishga xizmat qiladi.

— Elektr energiyasi narxi oshgan bo‘lsa-da, u Markaziy Osiyodagi past darajalardan biri sifatida qolmoqda. Bu haqda nima deysiz?
— Yurtimizda ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida elektr energiya ishlab chiqarish uchun nisbatan arzon yoqilg‘i energetika resurslari yetkazib beriladi. Shu sababli hozirgi paytda iste’molchilarimizga yetkazib berilayotgan elektr energiya narxi ancha arzon. Bu ham yurtimizda aholi manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan odilona siyosat natijasidir.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil iyul oyidan boshlab shu kungacha aholiga yetkazib berilayotgan 1 kVt.s elektr energiyasi 204,3 so‘m edi. Ushbu narx shu yil 1 apreldan 228,6 so‘m etib belgilandi. Elektr plitalari bilan jihozlangan turarjoylarda yashovchi aholi uchun esa elektr energiyasi narxi 1 kVt.s uchun 102,15 so‘mdan 114,3 so‘mga oshadi.


Mazkur yangi tariflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 noyabrdagi “Yoqilg‘i-energetika resurslari bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga asosan belgilangan.
Rahim ShERQULOV suhbatlashdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 44
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 38
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 29
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 121
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar