“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 06:24
ЎЗO‘Z

Mehmon soni kamaysa, to‘yxona narxi oshadimi?

31 mar, 09:56 9 408 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mehmon soni kamaysa, to‘yxona narxi oshadimi? Kollaj: «Asr.uz»
Oliy Majlis Senatining «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgan edi.

Bu qaror aholi o‘rtasida ko‘plab mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda. Kimdir endi to‘yga 150 tadan ko‘p kishi ishtirok etmas ekan deb xursand bo‘lsa, yana kimdir odam soni kamayishga kamaydi-yu, restoran qurmag‘urlarning narxi oshadigan bo‘ldi-da deb xafa. Chindan ham xafa bo‘lishga arziydigan muammo.

Yaqinda o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘lgan bir tanishimizning aytishicha, poytaxtimizdagi to‘yxonalardan biri restoranga 150 ta odam olib kelasiz, ammo 300 kishining to‘yini qilasiz degan emish. Qiziq, Prezidentimiz jon kuydirib, to‘ylarni qisqartirish kerak deyotgan bir vaqtda to‘yxona narxlarining oshirilishi aholiga qanday yengillik yaratadi? Restoranlarning narxi osmonga yetar ekan, to‘ylarni qisqartirishdan kimga nima naf?

Yana bir mish-mishga ko‘ra, to‘yxonalardan biri agar to‘y-hashamlar bo‘yicha qaror kuchga kirsa, ularning narxi ikki barobar oshirilishini aytgan. Bu qarorning asl mohiyatini tushunmayotgan to‘yxona egalaridan chiqqan gap bo‘lsa, ajab emas. Axir to‘y-hashamlarning tartibga solinishidan ko‘zlangan maqsad aslida sarf-xarajatlarni kamaytirish emasmi?

Avvallari to‘ylar xonadonlarda bo‘lib o‘tgan. Agar chindan ham restoranlarning narxi ko‘tarilib ketsa, aholi yana xonadonlarda to‘y qiladi chog‘i. Hozir ko‘plab hovlilar o‘rniga baland uylar qurilayotganini hisobga olsak, xonadonlarda yashovchi oilalar to‘yini o‘tkazish uchun hovlilarni ijaraga olishiga to‘g‘ri kelsa kerak! Har holda bu to‘yxona narxidan ancha arzon tushadi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 mart kuni senatorlar «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi qarorni tasdiqladilar. Tez kunda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 92
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 48
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 0
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 76
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 86
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 34
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 31
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 98
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar